So’nggi yangiliklar

19:27UFC рейтинги. Богдан Гусковнинг вазнида вазият қандай? 0 19:06"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди" 0 18:45"Жонс Аспиналлдан қочмоқда" - Анкалаев 0 18:24Хамзат Чимаев Камару Усман билан жангдан воз кечиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 18:02Шон О'Мэлли: "Двалишвили Умардан қўрқади" 0 17:41"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди 0 17:20Анкалаев: "Рамазон вақтида жанг бўлмайди" 0 16:59"Реваншларим доим бир хил тугайди". Фьюри Усикка қарши жанг ҳақида 0 16:38Хамзат Чимаев UFC'да МДҲдаги ТОП-5 жангчилар кимлигини айтди 0 16:17"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти 0 15:56Янгиланган UFC рейтингида Петр Ян Умар Нурмагомедовни ортда қолдирдими? 0 15:35Бишкек турнирида иккинчи олтин медаль қўлга киритилди 0 15:14Нурмагомедов ҳам Саудиядаги UFC турнирида жанг қилади 0 14:53ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди 0 14:32Жонс Прохазка - Хилл жанги учун ўз тахминини айтди 0

15 may 14:27
Yangiliklar

Futbol

Toshkentga tashrif buyurayotgan Italiya futboli afsonalari bilan tanishing

18 may sanasida O'zbekiston va Italiya futboli afsonalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Italiya futbol afsonalari bilan qisqacha tanishtirib o'tamiz.


DARVOZABON 

Kristian Abbyati (1977 yil tavallud topgan)

Abbyati professional faoliyatini “Monca”da boshlagan, keyinroq “Milan” safida 300 dan ortiq rasmiy o'yinda maydonga tushgan. SHuningdek, u "Borgozeziya", "Yuventus", "Torino" va "Atletiko Madrid" safida harakat qilgan. Italiyalik posbon uchta A Seriya chempionligi, bir bor Italiya kubogi, ikki marta Italiya Superkubogi, bir marta UEFA CHempionlar Ligasi va bir marta UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

Abbyati Evro-2000 (jamoasi finalga chiqqan) va 2002 yilgi jahon chempionatida Italiya terma jamoasi tomonidan taklif etilgan bo'lsa-da, "Skuadra adzurra" libosida faqatgina 2003 yilda SHveycariyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (2:1) maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda, Kristian jami 4 marta terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Hozirda Abbyati "Milan"da eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha darvozabonlar orasida rekordchi (380 ta) sanaladi. Eng gullagan davrida u Italiyaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanardi.



HIMOYACHILAR

Luka Antonini (1982 yil tavallud topgan)

Luka Antonini faoliyatini “Milan”da boshlagan. Yoshlar jamoasida to'p tepib yurgan Antonining kelgusi faoliyati ijarama-ijara yurish bilan davom etadi. Avval "Padova", keyinchalik "Prato" (C seriya), so'ngra "Ankona" (B seriya) jamoalari sharafini himoya qildi.

2003 yilning yozida futbolchi 2 million evro evaziga "Sampdoriya"ga ko'chib o'tdi.

Luka A Seriyadagi debyutini 13 dekabr kuni "Perudja"ga qarshi o'tkazdi.

Ammo u “Sampdoriya”da ham ko'ngildagidek o'ynolmadi, Gasbaronni uni zaxiraga mixladi. Keyinroq yana uning ijara safari davom etdi. "Modena", "Peskara", "Arecco", "Siena" kabi klublarning nafasidan bahramand bo'lgan futbolchini "Milan" 2007/08 yilgi mavsum boshlanishidan avval 1 million evro evaziga qaytarib oldi hamda "Empoli"ga yubordi. Ushbu klub safida u "Cyurix"ga qarshi o'yinda UEFA kubogida debyut qildi. Uning keyingi yurishlari ham shu tarzda kechdi, qisqasi, Italiyada u bormagan nuqta qolmadi. Biroq Antonin ko'z oldimizda gavdalanganda, uning "Milan" safidagi o'yinlarini yodga olamiz. Luka "rossonerlar" tarkibida turli musobaqalarda 111 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi, shuningdek, 2010/11 yilgi mavsum A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi.


Dario SHimich (1975 yil tavallud topgan)

Xorvatiyalik sobiq futbolchi SHimich ko'p qirrali himoyachi bo'lib, qanotda ham, markazda ham birday o'ynagan; ayniqsa, havodagi kurashlarda ustun kelishi bilan mashhur edi. "Dinamo Zagreb" akademiyasi tarbiyalanuvchisi dastlab xorvat klubida, keyinchalik A Seriyaning "Inter", "Milan", Franciyaning "Monako" jamoalarida o'ynagan. 2010 yil Zagrebning "Dinamo"siga qaytgach, faoliyatini yakunlaydi.

SHimich 1996-2008 yillarda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Dario 100 ta xalqaro o'yinda g'alaba qozongan dastlabki xorvatiyalik futbolchi bo'ldi. SHundan ko'p o'tmay, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi. Hozirda u Xorvatiya safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar orasida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. SHimich Xorvatiya terma jamoasi 1990 va 2000-yillarda qatnashgan oltita yirik turnirning har birida, jumladan, uch bor jahon chempionati (1998, 2002 va 2006 yillarda 11 ta o'yin) hamda shuncha Evropa chempionatida (1996, 2004 va 2008 yillarda 5 ta o'yin) ishtirok etgan.

SHimich sovrinlar javonidan 5 ta Xorvatiya chempionligi va 4 ta mamlakat kubogi, superkubogi, shuningdek, A Seriya chempionligi, kubogi, superkubogi, 2 ta CHempionlar ligasi g'olibligi, UEFA superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionligi, qolaversa, jahon chempionati bronza medali (1998) o'rin olgan.



Kristian Zakkardo (1981 yil tavallud topgan)

Italiyalik sobiq himoyachi asosan mudofaaning markaziy qismida o'ynagan.

Klubdagi faoliyatini 2000 yilda Italiyaning "Bolonya"sida boshlagan hamda "Speciya"da bir mavsum ijarada o'ynaganini aytmaganda klub safida 2004 yilgacha to'p tepgan. Keyinchalik u "Palermo"ga ko'chib o'tdi hamda to'rt mavsum davomida mashhurlikka erishdi. 2008 yilda u Germaniyaning "Volfsburg" klubiga o'tdi va olmon o'lkasida 2008/09 yilgi Bundesliga chempionligini qo'lga kiritdi. Keyingi mavsumda u Italiyaga qaytib, "Parma" tarkibiga qo'shildi, 2013 yilda esa "Milan"ga ko'chib o'tdi. 2015 yil "Karpi", 2016/17 yilgi mavsumni "Vichenca"dan qo'nim topdi. 2017 yilning oktyabr oyida u Malta Premer-ligasida ishtirok etadigan "Xamrun Spartans"ga yo'l oldi. 2019 yilning yanvar oyida u San-Marinoning "Tre Fiori" klubi bilan shartnoma imzoladi. Klub bilan Titano kubogini qo'lga kiritgach, iyul oyida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Xalqaro miqyosda u 2004 yildan 2007 yilgacha Italiya terma jamoasi sharafini 17 marta himoya qilgan va bitta gol urgan; 2006 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozongan Italiya jamoasi tarkibidan o'rin egallagan.



Kristian Zenoni (1977 yil tavallud topgan)

Italiyalik sobiq futboli qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan. U sobiq futbolchi Damiano Zenonining egizagi sanaladi. 

Zenoni karerasi davomida "Atalanta", "Milan", "Yuventus", "Sampdoriya", "Bolonya" hamda yana bir nechta klublarda to'p tepgan. Umuman olganda, u professional futbolchilik faoliyati davomida klublar safida 546 o'yinda maydonga tushib, 10 bor raqib darvozabonlarini ranjitgan.

Terma jamoa safida esa atigi ikki bahsda ko'k libosni kiyish sharafiga musharraf bo'lgan (Argentina va Xorvatiyaga qarshi).


Nasimento Santos Aldair (1965 yil yil tavallud topgan)

Aldair Naccimento dos Santos, tilingiz kelishmasa, aytishga qulay Aldair nomi bilan tanilgan braziliyalik himoyachi terma jamoa tarkibida 1994 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan.

Aldair professional faoliyatini "Flamengo" klubida o'ynay boshladi va klub safida Braziliya chempionligini qo'lga kiritdi. 1989 yilda u Evropaga, Portugaliyaning "Benfika"siga yo'l oldi, u erda mamlakat superkubogini qo'lga kiritdi hamda "burgutlar" bilan Evropa CHempionlar kubogi finaligacha etib bordi. Keyinchalik u 1990 yilda Italiyaning "Roma" klubiga o'tdi va 2003 yilgacha klubda harakat qilib, A Seriyada 400 ga yaqin o'yin o'tkazdi, shu bilan birga klub sardoriga aylandi. 1991 yil Italiya kubogini qo'lga kiritdi, o'sha mavsumda UEFA kubogi finaliga qadar etib bordi, 2001 yilda esa Italiya chempioni hamda mamlakat superkubogi sohibiga aylandi. Uning nomi "Roma" klubi shon-shuhrat zalidan o'rin olgan.



Vensan Kandela (1973 yil tavallud topgan)

Franciyalik sobiq himoyachi terma jamoasi bilan 1998 yilgi jahon chempionati hamda 2000 yilgi Evropa chempionatida zafar quchgan.

Karerasi davomida Franciyaning "Tuluza", "Gengam", Italiyaning "Roma", "Udinize", "Siena", "Messina", shuningdek, Angliyaning "Bolton" klubi libosini kiygan. 2001 yil "Roma" safida Italiya chempioni va mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan. 

Franciya terma jamoasi safida 1996-2003 yillar davomida maydonga tushib, 40 o'yinda 5 ta gol urishga erishgan.



YARIM HIMOYACHILAR

Luidji di Byadjo (1971 yil tavallud topgan)

Jiji nomi bilan tanilgan Di Byadjo 2000 yilgi Evropa chempionatining kumush medalini qo'lga kiritgan. Uzoq masofadan kuchli va aniq zarba berishi bilan dong'i ketgan. 

Klubdagi faoliyatini "Lacio"da boshlagan Jiji, keyingi mavsumlar davomida biroz pastga sho'ng'idi. B Seriyadagi "Monca" va S seriyada o'ynovchi "Fodja"da jami olti yillik faoliyatidan so'ng "Roma" tarkibiga kelib qo'shildi. Bu transfer hayratlanarli bo'lib chiqdi, chunki u Rimning boshqa klubi - "Lacio" tarbiyalanuvchisi va muxlisi edi. Salkam besh mavsumdan so'ng u "Inter"ga o'tdi hamda klub safida 88 o'yinda maydonga tushib, 13 bor raqib darvoza to'rlarini titratdi.

2003 yilning yozida Ektor Kuper bilan kelishmovchilik uning "Breshiya"ga o'tishiga sabab bo'ldi. 2007 yilda esa "Askoli" lageriga yo'l oldi. U erda 5 o'yinda 2 ta gol urdi, shuningdek, sariq va qizil kartochka ishlashga ham ulgurdi. SHu tariqa, uning futbolchilik karerasi poyoniga etdi.

Di Byajo Italiya terma jamoasi safida 1998 yilning 28 yanvarida Slovakiyaga qarshi o'yinda debyut qilgan. Luidji terma jamoa safida jami 31 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. Ikkita jahon chempionati va bir marta Evropa chempionatida ishtirok etgan. Di Byajo "Skuadra Adzurra"dagi so'nggi o'yinini 2002 yilning noyabrida o'tkazgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylikka qo'l urgan Jiji ilk ishini 2008 yil "La Storta Roma"dan boshladi. 2011 yilning 25 iyulida u Italiya U-20 jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. 2013 yilning 2 iyulida Devis Manju o'rniga U-21 jamoasi ustozlik qila boshladi. 2018 yilning 5 fevralida Italiya terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi hamda Argentina va Angliyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga jamoani tayyorladi. 2020 yilda "Spal" boshqaruviga keldi, biroq u erda "ketmoni uchmadi" hamda klub B Seriyaga ravona bo'ldi.



Anjelo Karbone (1968 yil tavallud topgan)

"Bari" klubi tarbiyalanuvchisi 1988/89 yilgi mavsumda jamoadagi debyutini o'tkazdi, o'sha mavsumda "Bari" A Seriyaga yo'l oldi. Keyingi yili jamoa ligada 10-o'rinni egallash bilan bir qatorda Mitropa kubogini qo'lga kiritdi. SHundan so'ng Anjelo Karboneni "Milan" sotib oldi. O'sha yili u Evropa superkubogi va Qitalararo kubok sohibiga aylandi, shuningdek, CHempionlar kubogi turniridagi debyutida gol urdi. 1990/91 yilgi mavsum yakunlangach, Karbone avvaliga "Bari"ga, keyin esa "Napoli"ga ijaraga berildi. 1993/94 yilgi mavsumda Anjelo Karbone "Milan"ga qaytdi va "rossonerlar" bilan A Seriya hamda CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Ammo 1994 yilda u "Milan"ni tark etib, "Pyachenca"ga ko'chib o'tdi. Keyinchalik yana bir necha dong'i chiqmagan jamoalarda darbadarlikda yurgan Karbone 2005 yilda esa "Pro Patriya" klubida faoliyatini yakunladi.

Italiya U-21 jamoasi safida Anjelo 8 ta o'yin o'tkazdi hamda 1990 yilgi Evropa chempionatining bronza medali sovrindoriga aylandi.


Marek Yankulovskiy (1977 yil tavallud topgan)

CHexiyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi sifatida o'ynagan. Uning eng ko'zga ko'ringan yutuqlari orasida 2007 yil "Milan" bilan UEFA CHempionlar ligasidagi g'alaba hamda o'sha yili CHexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganligini takidlash mumkin. CHexiya terma jamoasi safida u 77 ta o'yin o'tkazgan hamda jamoa tarkibida uchta Evropa chempionati, 2000 yilgi Olimpiada va 2006 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. 2004 yilgi qita birinchiligida bronza medalini qo'oga kiritgan.

Tezkor, qatiyatli va mehnatkash o'yinchi bo'lgan Yankulovskiy o'zining ko'p qirraliligi, chap qanotning istalgan joyida o'ynay olishi bilan mashhur edi va butun faoliyati davomida undan qanot himoyachisi, qanot yarim himoyachisi foydalanilgan.

Faolitini CHexiyaning "Banik" klubida boshlagan va shu erda yakunlagan. Bundan tashqari, u "buzoqlar o'lkasi"da "Milan"dan tashqari "Napoli" va "Udinize" klublari libosida to'p tepgan.



Serjino (1971 yil tavallud topgan)

Serjio Klaudio dos Santos, qisqa qilib aytganda, Serjino nomi bilan mashhur braziliyalik sobiq futbolchini so'nggi marta 2008 yil Italiyaning "Milan" klubida chap qanot futbolchisi sifatida ko'rganmiz. 1999 yil “Milan” tarkibiga qo'shilishidan oldin u bir qancha Braziliya klublar libosida o'ynagan. O'zining shiddatli hujumlari bilan tanilgan Serj "Milan" bilan ikki marta CHempionlar Ligasida, shuningdek, boshqa sovrinlar qatorida 2004 yil Italiya A Seriyasida chempion bo'lgan. Xalqaro miqyosda u 1999 yilgi FIFA Konfederaciyalar kubogida Braziliya sharafini himoya qilgan hamda janubiy amerikaliklar bilan 1999 yil Amerika kubogini tantana qildi.



Lyudovik Jyuli (1976 yil tavallud topgan)

Franciyalik sobiq futbolchi besh yil davomida mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qildi va 17 o'yin o'tkazib, vatanining 2003 yilgi Konfederaciyalar kubogida zafar qozonishida hissa qo'shgan. Uning esda qoladigan lahzalari "Barselona"da kechgan, chunki u 2005/06 yilgi mavsumda kataloniyaliklarga CHempionlar ligasini qo'lga kiritishida yordam bergan. 

Klubdagi faoliyatini 1994 yil "Lion"da boshlagan Jyuli uch yildan so'ng "Monako" chaqirig'iga "labbay" deya javob beradi. 1999/2000 yilgi mavsumda klub bilan Franciya chempionligini qo'lga kiritdi hamda CHempionlar ligasi finaliga qadar etib bordi.

2004 yil Lyudovik "Barselona" bilan shartnoma imzoladi. Kataloniyaga ko'chib o'tgandan so'ng Jyuli ikki bor chempionlik va Ispaniya superkubogi, shuningdek, CHempionlar ligasida muvaffaqiyat qozondi. 

2007 yil "Roma" bilan uch yillik shartnoma imzolagan futbolchi klub safida Italiya kubogini qo'lga kiritdi. Keyinchalik vataniga qaytgan Jyuli PSJ, "Monako", "Loryan", "Mont-d'Or-Azerg" klublarida to'p tepdi. Mamlakat sovrinlari ichida chempionlik, kubok va liga kubogini yutuqlari qatoriga qo'shib qo'ydi.



Robson Toledo Machado (1981 yil tavallud topgan)

Braziliyalik yarim himoyachi ham umrining katta qismini Italiya diyorida o'tkazdi hamda yuqoridagi bazi sheriklari singari ijarada sayohat qiladi. 

Futbolchining maqtanadigan damlari yoki sovrinlari deyarlari mavjud emas. U to'p tepgan klublar menyusini ko'zdan kechiradigan bo'lsak, "Udinize" va "Napoli" jamoalarini etirof etishimiz mumkin, biroq Machadoning u erdagi sarguzashtlari yorqin chiqmagan.



Alberto Jilardino (1982 yil tavallud topgan)

Italiyalik sobiq hujumchi hozirda murabbiylik faoliyati bilan mashg'ul bo'lmoqda.

Sermahsul to'purarni yoshligida vaziyatdan foydalana olish, pozicion tanlay bilish hamda golga intilishi tufayli Filippo Indzagi bilan taqqoslangan. Jilardino hozirda A Seriyada 100 ta gol urgan eng yosh o'ninchidan biri bo'lib , u o'z golini 26 yoshu 105 kunlik paytida kiritgan. Sobiq hujumchi A Seriyada 188 ta gol bilan hozirda A Seriya tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'ntaligiga kiradi. Uning gol nishonlanishida tiz cho'kib, xayolan skripka chalayotganini ko'p bor guvohi bo'lganmiz.

Jilardino butun faoliyati davomida Italiyaning bir qancha klublarida o'ynagan. U dastlab "Parma"dagi faoliyati davomida o'zining sermahsulligi bilan shuhrat qozondi, bu esa unga 2004 yilda A Seriyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, kelgusi yil A Seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini qo'lga kiritishiga zamin yaratdi. 2005 yilda Alberto "Milan"ga o'tdi. "Milan" tarkibida u 2006/07 yilgi mavsumda UEFA CHempionlar Ligasi, 2007 yilgi UEFA superkubogi hamda o'sha yil klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi. Jilardino Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubida ham to'p tepgan va klub bilan 2014 yilda Xitoy superligasida g'olib chiqqan.

Jilardino Italiya U-15 dan tortib deyarli barcha yosh toifalarida ishtirok etgan. Jumladan, 2004 yilda 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionatida g'olib chiqqan Italiya jamoasining bir qismi bo'lgan hamda turnirning eng yaxshi to'purariga va eng yaxshi o'yinchisiga aylangan va turnirning ramziy jamoasidan o'rin egallagan. O'sha yili u 2004 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarida Italiya terma jamoasi bilan bronza medalini qo'lga kiritdi. Yuksak darajadagi forvard 2006 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan jamoaning bir bo'lagi bo'lgan. SHuningdek, 2009 yilgi Konfederaciyalar kubogi, 2010 yilgi jahon chempionati va 2013 yilgi Konfederaciyalar kubogida bronza medalni qo'lga kiritdi. Jilardino faoliyati davomida 432 ta gol urgan.



Daniele Massaro (1961 yil tavallud topgan)

Italiyalik sobiq futbolchi hujumchi poziciyasida harakat qilgan. U 80-yillarning oxiri va 90-yillarda Arrigo Sakki va Fabio Kapello boshqaruvidagi “Milan”dagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan yodda qolgan hamda "rossonerlar" futbolkasida Evropa va xalqaro miqyosda sezilarli natijalarga erishgan. Massaro garchi maydonga tushmagan bo'lsa-da, Italiya tarkibida 1982 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqdi. SHuningdek, u 1994 yilgi jahon chempionati finalida ishtirok etadi, turnir davomida gol kiritishga muvaffaq bo'lgan forvard hal qiluvchi bahsda jamoasining penaltilaridan birini aniq amalga oshira olmadi, natijada Braziliya mundial g'olibiga aylandi.



Vinchenco Yakvinta (1979 yil tavallud topgan)

Italiyalik sobiq futbolchi hujumchi poziciyasida o'ynagan. Yakvinta dastlab  mamlakatning bir necha kichik klublarida to'p tepgan, so'ngra "Udineze"ga o'tgan va u erda 7 mavsumni o'tkazgan. Ushbu klub safida ilk bor evrokuboklarda ishtirok etish baxtiga muyassar bo'ladi. "Oq-qoralar"dagi bir necha ajoyib mavsumdan so'ng 2007 yilda "Yuventus" tarkibiga kelib qo'shiladi. 2011/12 yilgi mavsum Antonio Konte qo'l ostida asosiy tarkibdan joy egallay olmaganidan so'ng, 2012 yilning yanvarida "CHezena"ga yarim mavsum ijaraga berib yuborildi; keyingi mavsumda "Yuventus"ga qaytgan futbolchi jarohati tufayli deyarli maydonga tushmaydi, keyinchalik u 2013 yil butsalarini mixga iladi.

Yakvinta 2005-2010 yillarda Italiya terma jamoasi safida 40 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan. U 2006 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqadi. SHuningdek, Italiya terma jamoasi bilan 2009 yilgi Konfederaciyalar kubogi hamda 2010 yilgi mundialda ham ishtirok etgan.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing