So’nggi yangiliklar

09:16Бельгия мураббийи Сенегал билан ўйинда жамоа қандай қилиб камбэк қилганини тушунтирди 0 08:48Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади 0 08:02Султонов Германияда муваффақиятли старт олди, у рақибини "сухой"га ютди 0 19:10Том Аспиналлни UFC'дан ҳайдаш таклиф қилинди 0 18:45Ямал "Реал" ҳақида айтган гапларидан афсусда эмас 0 18:18Жаҳонгир Зокиров: "Zuffa Boxing"даги асосий рақиблар Иван Дичко ва Энди Круз!" 0 17:50Мария Тимофееванинг Уимблдон иккинчи даврасидаги рақиби маълум бўлди 0 17:23Исроил Мадримов Жарон Эннисни жангга чорлади 0 16:52"Пахтакор" польшалик ҳужумчи билан хайрлашди 0 16:17Фазлиддин Ғоибназаров фаолиятини якунладими? Боксчининг ўзи бунга жавоб берди 0 15:49Нурсултон Рўзибоев футболчиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокига муносабат билдирди 0 15:08Mangu 4 турнирининг санаси ниҳоят эълон қилинди 0 14:25ЖЧ-2026`ни тарк этган яна бир мураббий ишдан кетди 0 13:49Раҳимова Уимблдон жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади. Рақиб маълум! 0 13:14Янгиланган The Ring рейтингида Исроил Мадримов нечанчи ўринда қайд этилди? 0

24 dek 17:58
Yangiliklar

Xokkey

Toshkentni larzaga solgan 90 kun

Teglar :  XokkeyHumo
Xar soxada tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yangi-yangi tadbirlar va sport bilan bog'lik voqeliklar tashkil etish ananaga aylanib borayotgani mubolag'a emas.

Ana shunday tadbirlardan biri xalqimizning tasavvurida yorqin xotiralar qoldirdi desak adashmaymiz.

2019 yilning 11 sentyabri. Aynan shu kuni Toshkentning «Xumo» muz arenasi dunyodagi eng nufuzli va kuchli ligalaridan biri bo'lgan «Oliy xokkey ligasi»da o'zining birinchi o'yinini o'tkazdi. Takidlash joizki, ushbu o'yin kutilgandanda alo o'tdi. 12 minglik «Xumo» arenasini to'ldirib o'tirgan qora ko'zlar qarshisida toshkentliklar «Ryazan» jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdilar. Takidlab o'tish kerakki, «Ryazan» XK 70 yillik tarix va ananalarga ega bo'lgan nomdor klubdir.

Tomoshabinlarning mehr-muhabbatini qozonishni va keyingi o'yinni, aniqrog'i o'yinlarni intiqlik bilan kutishdek etiborini, zamonaviy, shinam va qulay arena, tashkilotchilarning esa xuddi jigarini to'yidagiday mehr bilan tashkillashtirgan bayrami, tez, chiroyli va shijoatli uyin va yana albatta, yakuniy hisob taminlab berdi.

Tashkilotchilar «muxlislarimiz 30 yildan beri xokkeysiz o'tirishdi, etar» deyishdimi, bilmadik, keyingi uchrashuv bir kundan so'ng bo'lib o'tdi. Xayriyatki, talaffuz filganda tilingiz chalkashib ketadigan «friggatriskaydekafobiya»(13 rakamidan irim kiladiganlar) hastaligiga chalinganlar O'zbekistonda uchramaydi. CHunki, 2-uyin 13 sentyabrga to'g'ri keldi. Bu o'yinda poytaxtliklar Kozonning «Bars» klubiga qarshi muzga chiqishdi. «Bars» hakida gapiradigan bo'lsak - bu klub 5 karra Rossiya CHempionati g'olibi bo'lmish «Ak Bars» klubining egizagi hisoblanadi. Lekin, rakibning dabdabasiga karamay («Bars» xozirgi kunda 111 shaybani raqib darvozaga joylab, liganing etakchisiga aylangan). «Xumo» vakillari bu safar ham ustun kelishdi. O'yin boshidagi tezkorlik bilan urilgan ikkita goldan so'ng, mezbonlarning «yana avvalgi hisobda yutamiz degan umidlarini «Bars»ning 3-bo'lim o'rtasiga kelib, hisobni durang qilishgani «qanotlilar»ni («Xumo») barchasini boshidan boshlashga majbur kildi. Tomoshabinlarning olqishlaridan ilxomlangan mezbonlar va nixoyat «umid va orzular» shaybasini darvozaga yo'llab, 3:2 xisobida «Bars»ni mag'lub etishdi. Ikkinchi g'alaba!

2-g'alabadan so'ng biz uchun bu yangi sport turida g'alabalarning keti uzilmaydiganday tuyular, «Xumo» arenasi esa bu erga chag'von ko'tarib kelganlarni muz tishlatib, 2 ochkosini olib quyib, bo'm-bo'sh qaytarib yuboradigan bir maskanday tushunilardi. O'z uyimizda o'tgan uchinchi o'yin «oyog'i erdan uzilib, bulutlarda parvoz kilib» yurganlarni tezgina muz saroyidagi o'rindiqlarga qaytardi. SHu bilan birga sportdagi oltin qoidani ularning miyasiga kuyib kuydi: «OXLda o'zingni er bilsang, raqibingni sher bil». Xar uyin avvalida bosh murabbiy Evgeniy Popixin  Nikolaevichning og'zidan chiqqan bu so'zlar bellashuv jadvalining eng oxirgi o'rinlarida turgan «Torpedo-Gorkiy» bilan bo'lgan o'yinda uz tasdig'ini topdi. Birinchi bo'limda «Xumo» bitta shayba kiritdi, o'yin davomida SHerbina va Belyakovlar jaroxat tufayli maydonni tark etdi. Asosiy vaqtning oxiriga 16 soniya kolganda esa Gorkiyning «Torpedo»si zambarakdagi o'q kabi, shaybani darvozaga joylab quydi. O'yin overtaymda davom etdi. Unda xam kuchlar teng keldi. Bulletlar seriasida esa «Torpedo»chilarning mergani aniqrok harakat qilgani yaqqol kuzatildi. Mag'lubiyat achchiq, «gorkiy» so'zining tarjimasi kabi.

Sentyabrning uchinchi o'nkunligida Evgeniy Nikolaevich shogirdlari o'zlaring safardagi (Uralning -«Zaurale», «Gornyak Uchaly», «Yujnyy Ural» va «CHelmet») uchrashuvlariga jo'nab ketishdi. Aytish joiz, uchrashuvlar umidni oqlamadi. Birinchi uch uchrashuvda «Xumo» o'yinni boy berdi. O'yin sifati bo'yicha emas, hisob bo'yicha. O'yindan keyingi hisobotlar xar xolda so'zlarimizni tasdiqlaydi. Darvozabonlar o'yini tahsinga loyiq, ammo qolgan o'yinchilar o'z imkoniyatlarini oxiriga etkaza olmasliklari toshkentliklarga ochko yig'ishga yo'l qo'ymadi. Lekin, qalampirni achchig'ini asal kesganiday, bitta yutuq va O'zbekistonning dunyo xokkey xayotiga qo'shilishi alamlarni sal bosdi.

Otabek Jo'raev maqolasi.

Iskandar Axmedov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing