21 noy 10:31
Yangiliklar
Futbol

"Tottenxem" o'yinchilari Pochettino uslubidan norozi bo'lishgan
"Tottenxem"ning asosiy o'yinchilari sobiq murabbiy Maurisio Pochettino uslubidan norzi bo'lishgan, deya xabar bermoqda "ESPN" nashri.
Ulardan biri shaxsiy intervyuda Pochettino "Real", "Manchester Yunayted" yoki "Barselona"ning eng yaxshi futbolchilari singari, mashg'ulotlar uchun qo'yiladigan talablarni bajara olmaydi deb aytgan. "SHporlar" futbolchisining so'zlariga ko'ra, bu uslublar jamoaga endi qo'shilgan yosh o'yinchilar uchun mos keladi.
Qayd etib o'tamiz, Pochettino londonliklar bilan 5 yillik faoliyatidan keyin istefoga chiqarilgan va uning o'rniga Joze Mourino "Tottenxem" bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Havola :
Fikrlar