27 noy 15:55
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/6185_220.jpg)
Totti Rim derbisi uchun “Roma”ning eksklyuziv libosini ko'z-ko'z qildi
Italiyaning “Roma” klubi Rim derbisi uchun jamoaning eksklyuziv libosini tayyorladi. Jamoa sardori Franchesko Totti ushbu libosni o'zining Instagramdagi sahifasida ko'z-ko'z qildi.
“Roma” va “Lacio” jamoalari o'rtasidagi Rim derbisi 4
dekabr kuni Italiya A seriyasining 15-turi doirasida bo'lib o'tadi. Bu galgi
to'qnashuv 180-derbi sifatida qayd etiladi.
Italiya chempionatining 14-tur oldidan “Roma” 26 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. “Lacio” esa bor yo'g'i bir ochko kam jamg'argan.
Malumot uchun, bugun 14-turda “Roma” o'z maydonida “Peskara”ni qabul qiladi. “Lacio” esa “Palermo” klubi mehmoni bo'ladi.
Havola :
Fikrlar