15 avg 09:52
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/231969_220.jpg)
Transfer-2022. “Nottingem Forest” to'xtamoqchi emas
“Atalanta” yarim himoyachisi Remo Froyler faoliyatini “Nottingem Forest”da davom ettiradi.
Futbolchining transferi 9 mln (+bonuslar) evroga amalga oshdi. SHveycariyalik bilan shartnoma qancha muddatga imzolangani esa ochiqlanmagan.
30 yoshli xavbek o'tgan mavsum A Seriyada 29 bahsda qatnashib, 1+3 natijaga erishdi va 10 ta sariq oldi.
Qayd etish joizki, APL joriy mavsum debyutanti uchun bu yozgi transfer oynasida jamoaga jalb qilingan 15-futbolchi bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar