23 iyu 11:18
Yangiliklar
Futbol

Trent APL rekordini yangiladi
“Liverpul” APL 37-turi doirasida “CHelsi”ni qabul qilib, 5:3 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida Trent-Aleksander Arnold jamoadoshi Roberto Firminoning goliga assistentlik qildi. Bu 21 yoshli Trent uchun APL joriy mavsumidagi 13-golli uzatma bo'ldi. Natijada futbolchi APL himoyachilari orasida golli uzatma berish bo'yicha rekordni yangiladi. Avvalgi rekord ham Trentning o'ziga tegishli edi — 12 ta. U o'tgan mavsum ushbu rekordni o'rnatgandi.
Malumot uchun, Trent Aleksander-Arnold joriy mavsum APLda 37 ta o'yinda qatnashib, 13 ta golli uzatma va 4 ta golga mualliflik qildi.
Havola :
Fikrlar