28 may 14:02
Yangiliklar
Triatlonchimiz Andrey SHaripov yana bir musobaqada g'olib bo'ldi
Unda qo'shni mamlakat vakillari, shuningdek, Rossiyadan tashrif buyurgan ishtirokchilar bahs olib bordi. Etiborlisi, havaskorlar o'rtasida o'tkazilgan mazkur musobaqada hamyurtimiz Andrey SHaripov yana bir bor g'alaba qozondi.
CHimkentdagi bahs triatlonning klassik yo'nalishlarida kechdi, yani sportchilar unda 1500 metrga suzish, 40 kilometrga velopoyga va 10 kilometrga yugurish bo'yicha o'zaro bahslashishdi. Triatlonchimiz mazkur masofalarni bosib o'tish uchun 2 soat, 10 daqiqayu 40 soniya vaqt sarfladi. Musobaqaning ayollar o'rtasidagi bellashuvda mezbonlar vakilasi Aynur Kumarovaga teng keladigani topilmadi.
Eslatib o'tamiz, SHaripov 12 may kuni Tarazda o'tkazilgan ikkinchi bosqichda ham marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tgan edi.
Fikrlar