01 dek 12:45
Yangiliklar
Tennis

Tunisdagi turnirda qatnashayotgan tennischilarimizda ham mag'lubiyat
Tunisning Xammamet shahrida tennis bo'yicha ITF toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ikki tennischimiz - Yuliya Kim va Albina Xabibulina ham ishtirok etayotgan edi.
Afsuski, har ikki tennischimiz ham mag'lubiyatga uchrab, o'z ishitiroklarini yakunlashdi. Albina Xabibulina ilk davrada italiyalik Gaya Sanesiga 2:6, 4:6 hisobida yutqazdi.
Asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan Yuliya Kim esa polshalik Patrisiya Polanskadan 5:7, 2:6 hisobida engildi. Tennischi qizlarimiz juftliklar bahsida ham mag'lub bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar