01 apr 09:45
Yangiliklar
"Turkish Open-2026" musobaqasida 8 ta medal qo'lga kiritildi. Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda tengsizmiz!
Musobaqaning so'nggi kunida erkaklar o'rtasidagi janglar o'tkazildi. Etiborlisi, unda vakillarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
Dilmurod Marufjonov (54 kg)
Omonjon Otajonov (58 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Diyorbek To'xliboev (68 kg).

Eslatib o'tamiz, 30 mart kuni bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda terma jamoamiz azolari bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishgan edi.
SHu tariqa, O'zbekiston milliy terma jamoasi "Turkish Open-2026" musobaqasini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi. Erkaklar jamoamiz musobaqada Rossiya, Qozog'iston va Turkiya terma jamoalarini ortda qoldirgan holda peshqadam bo'ldi.
Fikrlar