04 dek 07:50
Yangiliklar

Tursunovning goli “Dinamo” bilan o'yinda durangni taminladi
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi o'z maydonida Kievning “Dinamo” jamoasini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Etiborlisi, poltavaliklarning ilk goliga aynan Tursunov mualliflik qildi. U chiroyli tarzda “Dinamo” darvozasini ishg'ol qildi. “Vorskla” 20 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. “Dinamo” 37 ochko bilan 2-o'rindan joy olgan.
“VORSKLA” – “DINAMO” KIEV 2:2
Gollar: Sanjar Tursunov 15, Rebenok 34 - Sidorchuk 5, Yarmolenko 14 (pen.).
“Vorskla”: Nepogodov - Siminin, Perduta, Dityatev, Rebenok - Kravchenko, CHesnakov - Sanjar Tursunov, Tkachuk, Odaryuk – Kobaxidze
“Dinamo”: Rudko - Morozyuk, Xacheridi, Vida, Makarenko - Sidorchuk, Ribalka, Garmash - Yarmolenko, Moraes, Cigankov
Fikrlar