19 okt 22:30
Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati. Janubiy Koreya guruhda qolib ketdi
Etiborli tomoni, dastlabki ikki turda g'alabaga erishgan Janubiy Koreya terma jamoasi guruhda qolib ketdi. Sababi bugun koreyslar Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Ikkinchi bahsda esa Bahrayn Tailandni 3:2 hisobida engdi. Natijada uchta jamoada 6tadan ochko bo'ldi. Bunday holatda mana shu uch jamoa o'rtasidagi natijalar hisoblandi. Uchala jamoa hisobida o'zaro bahslarda 3 ochkodan bo'ldi.
To'plar nisbati Saudiya Arabistoni va Bahraynda 4:4, Janubiy Koreyada 3:3ni ko'rsatdi. O'zaro o'yinlarda ko'proq gol urishgani uchun ikki arab jamoasi chorak finalga yo'l oldi.
Keyingi yilgi U-20 Jahon chempionatida mezboni Janubiy Koreya esa Osiyo chempionatini guruh bosqichidayoq yakunladi. Endi qita chempionatining yarim finaliga chiqqan to'rt jamoa va Koreya mundialga chiqishadi.
“A” guruhi
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 1:2
Bahrayn - Tailand 3:2
Fikrlar