15 jan 19:54
Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. O'zbekistonning keyingi bosqichdagi raqibi qaysi jamoa bo'ladi?
Mazkur kvartetdan keyingi bochqichga J.Koreya peshqadam sifatida, O'zbekiston olimpiyachilari esa to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi yo'llanmaga ega chiqdi. Ularga pley-offda “D” guruhi vakillari raqiblik qiladi. Oxirgi guruh g'olibligini qo'lga kiritgan ishtirokchi chorak finalda O'zbekistonga qarshi to'qnash keladi. 2 o'rin sohibi esa J.Koreya bilan uchrashadi.
“D” kvartetidagi SH.Koreya olimpiya termasi muddatidan oldin musobaqa bilan xayrlashgan bo'lsa, BAA, Iordaniya hamda Vetnam futbolchilari keyingi bosqichga yo'llanma beruvchi ikki o'rin uchun kurash olib boradi.
Demak, ushbu guruhdagi yakuniy tur bellashuvlari ertaga, 16 yanvar sanasida o'tkaziladi.
18:15, Vetnam – SH.Koreya
18:15, Iordaniya – BAA
P.S. O'zbekiston OTJ raqibi qaysi jamoa bo'ladi – BAA. Iordaniya yoki Vetnam?!
Fikrlar