28 apr 07:35
Yangiliklar
Boks/MMA
"U qo'rqoq". Miller Deontey Uaylderni jangga chaqirdi
37 yoshli amerikalik professional bokschi Jarrell "Katta bola" Miller kubalik Lene Pero ustidan g'alaba qozonganidan so'ng sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderni jangga chaqirdi.
"Peroning qattiq jangchi ekanligini bilardim, ammo u ancha ko'proq harakat qiladi deb o'ylagandim. Nokautga intilishim shart emas edi — jismoniy holatimni tekshirish va yana ko'p zarbalar berishni boshlashni xohladim.
Uayldermi? U qo'rqoq, do'stim. U ancha oldin “Katta bola” bilan jang qilishni istamasligini aytgan, chunki mening so'zlarim uning uchun haqorat bo'lgan emish. Agar sen og'zingni yopib, men bilan jangga chiqmasang, bolakay... Lekin, hali ko'ramiz nima bo'lishini", — dedi Miller.
Havola :
Manba : Yahoo Sports
Fikrlar