15 jan 18:21
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Uaylder navbatdagi jangi bo'yicha shartnomaga imzo chekdi, raqib o'zbek boksi muxlislariga tanish
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder navbatdagi jang shartnomasiga imzo chekdi. 
			U 26 aprel kuni Atlantadagi boks oqshomida ringga ko'tariladi.
U o'sha kuni amerikalik Kyortis Xarperga qarshi jang o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder so'nggi jangini 2024 yilning iyun oyida o'tkazgan va o'shanda xitoylik CHjan CHjileyga nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Xarper esa 2022 yilning noyabr oyida Bahodir Jalolovga qarshi jang o'tkazgan va 4-raundda nokautga uchragan.
            Havola            :         
                    Manba                : Boxing Scene
            
			
Fikrlar