So’nggi yangiliklar

15:06"Реал"да аҳвол ёмонми? Моуриньо жавоб берди 0 14:28Уайт Фьюри — Жошуа жангини UFC’нинг Оқ уйдаги турнирида эълон қилмоқчи бўлганини айтди 0 13:42Бокс. Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 13:14"У ўзи нима иш қилди?" Перейра Хокитнинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 12:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0

14 okt 14:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Uayt Fyuri - Joshua jangini UFC’ning Oq uydagi turnirida elon qilmoqchi bo'lganini aytdi

UFC prezidenti Dana Uayt Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi boks jangi haqida fikr bildirdi.

"Biz bu jangni promousheni va tashkil etish bilan shug'ullanyapmiz. Uelsning Kardiff shahridagi “Prinsipaliti” stadionida bo'lib o'tadi va men u erda shaxsan ishtirok eta olishimdan xursandman. CHiptalar deyarli to'liq sotilib bo'lgan. Bugungi holatni hali tekshirmadim, ammo chiptalar savdosini boshlaganimizda 700 tadan kam chipta qolgandi. Bu deyarli stadion to'liq to'lganini anglatadi. Demak, odamlar bu jangga qiziqish bildirmoqda va unga befarq emas.

Men bu jangni Oq uydagi turnirda elon qilishni va ularning to'qnashuvini Nyu-Yorkda tashkil etishni xohlagandim. Ha, vaziyat chigallashdi. O'shandan beri juda ko'p voqealar yuz berdi. Mana, nihoyat, shu kunga ham etib keldik. CHiptalar sotuvga chiqarildi va yaxshi sotildi. Bu qiziq jarayon bo'ldi. Ammo boksga aralashishga qaror qilganimda, bunday holatlar yuz berishini bilardim.

Eshitinglar, agar sizlar Buyuk Britaniyadagi jangni hech qachon ko'rmagan bo'lsangiz, umuman olganda, u erdagi sport tadbirlari boshqacha bo'ladi. Bu Angliya tarixidagi og'ir vazndagi eng yirik jang. SHuning uchun uni jonli ravishda tomosha qilish haqiqatan ham alohida taassurot qoldirishiga ishonaman.

Bu shunchaki bir avlodning eng mashhur bokschilari nihoyat ringda to'qnash kelayotgan janglardan biri. Muxlislar ikkiga bo'linadi: bir tomonda Ey-Jey (Entoni Joshua) muxlislari, ikkinchi tomonda Fyuri muxlislari bo'ladi. Ishonchim komilki, o'sha kecha arenadagi muhit juda qaynoq bo'ladi. Bu juda qiziq.

Eshitinglar, Eddi Xirn bilan o'rtamizda qanday kelishmovchilik bo'lishidan qati nazar, Frenk Uorren ham bu jangni tashkil etishda ishtirok etyapti. Eng muhimi, chiptalar sotilib bo'ldi. Eddi jang Buyuk Britaniyada o'tkazilishi uchun qattiq turib oldi. Men esa uni “Medison Skver Garden”da tashkil etishga harakat qildim. Ammo jang Buyuk Britaniyada bo'ladi va 80 ming kishilik stadion to'ladi.

Aytganimdek, “Medison Skver Garden” Buyuk Britaniyadan samolyotda besh soatlik masofada, xolos. U erda ham chiptalar bir zumda sotilib ketardi va muhit xuddi shunday bo'lardi. Konor Makgregorning janglariga irlandiyaliklar qanday kelib tushishini ko'rganmisiz? Bu mutlaqo aqlbovar qilmas holat. Rikki Xattonning Las-Vegasdagi janglari ham juda shov-shuvli o'tgan. Buyuk Britaniya — sport uchun juda ajoyib va zavqli joy", — deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing