So’nggi yangiliklar

11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0

14 okt 11:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Uayt Striklendga javob qaytardi: "U yaqinda yangi shartnoma imzoladi"

UFC rahbari Dana Uayt o'rta vazn toifasidagi chempion SHon Striklendning promoushen manziliga aytgan tanqidlariga izoh berdi.

Striklend liga hatto o'z yulduzlari va chempionlariga ham juda kam pul to'lashini va ular o'z vaqtida ketishga imkon topa olmasliklarini davo qilgan edi.

"Yo'q, men u bilan shaxsan gaplashdim. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'rganlarim esa... SHon Striklend hech qachon biror narsadan norozi bo'lmagan yoki aytishga gapi bo'lmagan?", — dedi Uayt o'zining saralash turniridan keyingi matbuot anjumanida.

"SHon Striklend may oyida yangi shartnoma imzolagan, — deya qo'shimcha qildi Uayt, shu bilan shartlar yaxshilangani va u bunga rozi bo'lganini nazarda tutib. — Bu to'rt-besh oy oldin bo'lgan. U aytayotgan raqamlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Agar u bir yoki ikki yil davomida o'sha eski shartlar asosida jang qilganida edi bu boshqa gap bo'lardi. Lekin u may oyida shartnoma imzoladi. Vaziyat shunday".

Striklend, shuningdek, aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha mashg'ulotlarni tashlaganini va boks bo'yicha jang o'tkazmoqchi ekanligini malum qildi. Masalan, u katta pul evaziga "Zuffa Boxing" promouterlik kompaniyasida jang qilmoqchi.

Biroq, amaldagi shartnoma tufayli u buni faqat UFC ruxsati bilan amalga oshirishi mumkin. Uayt esa Striklendning boks ringidagi imkoniyatlariga nisbatan shubha bilan munosabat bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing