So’nggi yangiliklar

11:13Никита Цветков Fergana Grand Prix турнири ғолиби! 0 10:52Роналду катта орзуларидан бирига эришиши мумкин 0 10:3145 ёшли Винус Уильямс кетма-кет 10-мағлубиятини қабул қилиб олди 0 10:10Артур Бетербиев P4P рейтингидан чиқарилди 0 09:49Жалоловнинг издоши World Boxing Кубогидаги юришимизни бошлаб берди 0 09:28"Эспаньол" собиқ футболчисига 9 йиллик қамоқ жазоси берилиши мумкин 0 09:07Анкалаев жамоасида икки рақиб ҳақида айтилди 0 08:46ООК ва Ўзбекистон МОҚ раҳбарияти соҳил гандболи баҳсларини томоша қилди 0 08:25Илия Топурия Конор Макгрегор билан жанг шартини айтди 0 08:04Слот келаси мавсум ҳам "Ливерпуль"ни бошқариши мумкин экан 0 07:43Майамида АҚШ ва Ўзбекистон шахмат баҳси ўтказилади 0 07:222026 Oeiras Ladies Open. Кудерметовадан чиройли камбэк! 0 07:01Топурия Царукян ҳақида: "У менинг даражамда эмас ва шунчаки аҳмоқ" 0 19:02"Манчестер Юнайтед" "Реал" юлдузини сотиб олмоқчи 0 18:33RIZIN чемпиони Mangu 2 турнири меҳмони бўлади (ПОСТЕР) 0

20 apr 11:37
Yangiliklar

Sport kurashlari

Uch nafar kurashchi qizimiz Olimpiada licenzion turnirining 1/2 finalida!

Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo licenzion turniri davom etmoqda.

Biroz avval ayollar kurashi bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi licenziyalari uchun kechayotgan musobaqaning saralash bahslari yakuniga etdi. Quvonarlisi, O'zbekiston ayollar terma jamoasining uch nafar kurashchisi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, 1/2 finalga yo'l oldi. 

SHu kungacha ayollar kurashida Olimpiadada ishtirok etmaganmiz. Bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadigan 1/2 final bellashuvlarida g'alaba qozongan kurashchilar Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritadi. Aktenge Keunimjaeva, SHohida Ahmedova va Layloxon Sobirova ana shu tarixni yozish uchun gilamga chiqishadi.   


1/2 finalda kurashadigan qizlarimiz:

50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Meng Hsuan Hsiex (Xitoy Taypeyi)

53 kg: SHohida Ahmedova – Pang Kinayu (Xitoy)

57 kg: Layloxon Sobirova – Anshu Anshu (Hindiston)


Qolgan kurashchi qizlarimiz Gulmira Aytmuratova (62 kg), Nabira Esenbaeva (68 kg) va  Svetlana Oqnazarova (72 kg) saralash bosqichida mag'lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
20 apr 12:36:32
Dilshod Uzoqov
3 tadan bittasi olar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing