So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

29 may 17:18
Yangiliklar

SHaxmat

Uch shaxmat malikasida bir xil ochko, JK yo'llanmasi hamyurtimizga nasib etdi

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi yakunlandi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqaning so'nggi to'qqizinchi turidan so'ng uch nafar shaxmatchi bir xil ochko jamg'ardi. Xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda qozog'istonlik Meruert Kamalidenovani mag'lub etdi. Nilufar Yoqubboeva qora donalarda harakat qilishga qaramay, xalqaro master Bahora Abdusattorovani engdi. 

So'nggi tur oldidan peshqadam bo'lib turgan qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva oq donalarda hamyurtimiz Sarvinoz Qurbonboevaga qarshi o'ynadi. Agar bu matchda Bibisara g'alaba qozonganida, Jahon kubogiga yo'llanmani aynan u qo'lga kiritardi. Sarvinoz esa bunga yo'l qo'ymadi. Uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. 

Natijada bir yo'la uch nafar shaxmatchi - Nilufar Yoqubboeva, Gulruhbegim Tohirjonova va Bibisara Assaubaeva 7 tadan ochko jamg'arishdi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Yoqubboeva birinchi o'rinni egalladi hamda Jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz Sarvinoz Qurbonboevaga rahmat! 

Ayollar musobaqasi reglamentiga ko'ra Jahon kubogi yo'llanmasi faqat saralash turniri g'olibiga taqdim etiladi. Nilufar Yoqubboeva 2020 yilning 21 sentyabr - 15 oktyabr kunlari oralig'ida Belarus poytaxti Minsk shahrida bo'lib o'tadigan Jahon kubogida nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasi sharafini himoya qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing