13 okt 09:15
Yangiliklar
Futbol

UEFA “Legiya” klubining apellyaciyasini qabul qilmadi
UEFA Polshaning “Legiya” klubi tomonidan berilgan apellyaciyani qabul qilmadi.
Endi Polsha chempioni o'z maydonida, yani marshal Yuzef Pilsudskiy nomli “Voyska Polskogo” stadionida CHempionlar ligasi doirasidagi Madridning “Real” klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazadi.
Malumot uchun, UEFA “Legiya”ni Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi kechgan uchrashuvdagi muxlislarning tartibsizligi uchun jazolagandi. O'sha o'yinda “Legiya” yirik 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar