24 iyu 07:30
Yangiliklar

UEFA prezidentligi uchun nomzodlar malum qilindi, saylov 14 sentyabrda
Eslatib o'tamiz, UEFAning endilikda sobiq prezidenti Mishel Platini korrupcion mojarolar sabab shu yilning may oyida istefoga chiqarilgan edi. Platini 4 yil mobaynida futbol sohasida faoliyat yurita olmaydi.
Endi Gollandiya Qirollik futbol federaciyasi prezidenti Mikael van Praag, Sloveniya futbol ittifoqi rahbari Aleksander Seferin hamda ayni paytda UEFA prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan ispaniyalik Anxel Mariya Vilyar tashkilot prezidenti bo'lish uchun saylovda ishtirok etishadi.
UEFA prezidentligi uchun saylov 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu uchchala nomzod ham majburiy ravishda FIFA tekshiruvidan o'tkaziladi. Gap shundaki, UEFAning yangi prezident avtomatik tarzda FIFA vice-prezidentiga aylanadi.
Fikrlar