07 sen 12:35
Yangiliklar
Futbol

Uelslik futbolchi to'p yuziga tekkan boladan uzr so'radi
Uels terma jamoasi 5 sentyabr kuni Moldovaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvi o'tkazdi.
Uchrashuv 4:0 hisobida uelsliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. G'olib jamoa himoyachisi Jeyms Kollins ushbu bahsda o'zi istamagan holda 6 yoshli Rayan Evansni to'p bilan nishonga oldi.
Futbolchi o'yin yakunlanganidan so'ng bolakaydan uzr so'radi va unga Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beylning futbolkasini sovg'a qildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar