01 jan 10:56
Yangiliklar
UFC faxriylari Donald Serrone va Nil Megni 2021 yilni mag'lubiyat bilan yakunlashdi
FURY Pro Grappling 3 turnirida UFC faxriy jangchilari Donald Serrone va Nil Megni ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Greppling bo'yicha o'tgan oqshomda har ikki nomdor UFC jangchilari ham muddatidan avval mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
"Kovboy" Serrone jangning 3 daqiqa 17 soniyasi o'tib borayotgan bir pallada UFC engil vazn toifasi vakili Jo Solekiga taslim bo'ldi. Soleki Donaldni bo'g'ib qo'ydi. Megni esa Xoakim Silvaga qarshi jangda uch daqiqadan kamroq vaqt turib bera oldi. Xoakim ham bo'g'ish usuli bilan Nildan ustun kelgan.
Oqshomning markaziy bellashuvida birinchi engil vaznda sobiq UFC chempioni Karla Esparza Daniel Kelli bilan to'qnash keldi. Jarohat sabab Esparza jangni yakuniga etkaza olmadi va natijada unga texnik mag'lubiyat yozildi.
FURY Pro Grappling 3 turnirining qolgan barcha natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, SHon Bredi, Kley Guida, Renato Moykano, Niki Rod, Jonatan Pirsma, Aleks Kaseres, Kodi Xamra, Andre Petroski va Jillian Robertson raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan.
Fikrlar