29 avg 17:23
Yangiliklar
UFC SHanxay turnirining co-main event jangida chuqur nokaut kuzatildi
Oqshomning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ayollar miniman vazn toifasida o'tkazildi. Unda Braziliya vakilasi Deniz Gomes mezbon aralash yakkakurash ustasi Yan Syaonanga qarshi oktagonga chiqdi.
Gomes divizion reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan xitoylik raqibasini birinchi raundning oxirlarida kuchli zarba bilan nokautga uchratdi. Referi bu vaziyatda jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
SHu tariqa, 26 yoshli Deniz Gomes ketma-ket beshinchi g'alabasini rasmiylashtirdi. Hisobidagi g'alabalari 13 taga etdi. Mag'lubiyatlari soni 3 taligicha qoldi. Tajribali 37 yashar Yan esa ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu uning faoliyatidagi oltinchi mag'lubiyati bo'ldi.

Fikrlar