05 iyu 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq chempioni Trampning sevimli jangchisiga qarshi bahs olib boradi
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli navbatdagi jangini Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazadi.
Bu haqida Tayronning o'zi malum qildi.
"Menga Kolbiga qarshi jang taklif qilishdi, men esa ikkilanmasdan rozilik berdim. Kovington haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman, u — aktyor. Uning oktagondan tashqaridagi hayotini tomosha qilish qiziqarli, u ko'p gapiradi. Fakt shuki, u besh yoki olti marta menga qarshi jang qilishdan bosh tortgan", - dedi Tayron.
Malumot uchun, ularning har ikkisi so'nggi janglarida imkoniyatni boy berib qo'yishgan. Vudli Byornsga ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lgan bo'lsa, Kobini esa UFC chempioni Kamaru Usman nokaut qilishga erishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar