18 sen 13:02
Yangiliklar
Tennis
Uilyams Mariya SHarapova bilan munosabati va undan nima so'ragani haqida gapirdi
Amerikalik tennischi Vinus Uilyams Met Gala'da Mariya SHarapova hamda singlisi Serena bilan birga tushgan suratiga izoh berdi.
"Serena bilan men agar SHarapova yana o'ynasa, qanday yaxshi bo'lardi, deb gaplashib ketayotgandik. Keyin biz uni ko'rib qoldik: "Salom! Biz hozirgina siz haqingizda gaplashib turgandik. Agar siz Turga qaytsangiz yaxshi bo'lardi".
Bir-birimizni ko'rish, quchoqlash, birga suratga tushish ajoyib edi. Biz kortda jang qilganmiz, lekin bir-birimizni hurmat qilamiz va yaxshi ko'ramiz. Serena va men Masha SHarapova bilan yaxshi munosabatdamiz. Biz undan faoliyatini davom ettirishini so'radik. U va Karo Voznyacki", - Vinusning so'zlaridan iqtibos keltiradi Like the Movie.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar