09 iyu 11:17
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Dunyoning birinchi raketkasi finalda!
Avstraliyalik tennischi Eshli Barti Londonda yakuniga etib borayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining finaliga yo'l oldi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi 89 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida WTA reytingida 28-pog'onadan joy olgan germaniyalik Anjelik Kerberni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/6(3).
Bahs davomida 25 yoshli Eshli 8 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatni tiklandi - 3:3.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar