08 iyu 11:12
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Jo'rabek jarohati sabab juftlikda ham kortga chiqmadi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi Uimbldon turniridagi ishtirokini yakunladi.
Yakkalikning chorak finalida birinchi raketka ustidan g'alaba qozona turib, jarohat olgan hamyurtimiz buning natijasida juftlikda ham kortga chiqa olmadi.
Jo'rabek
germaniyalik Daniel Altmayer bilan birga ilk bosqichda amerikalik tennischilar – Villyam
Blumberg hamda Natan Ponvitni 6:4, 6:7(4), 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Jo'rabekning
jarohati sabab ikkinchi bosqichdagi raqiblar – turnirning uchinchi raketkalari serbiyalik
Miomir Kezmanovich va noregiyalik Kasper Ruud kurashsiz chorak finalga yo'l olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar