05 iyu 08:30
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Jo'rabek va Humoyun g'alaba bilan boshlashdi
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi “Uimbldon” turnirining yakkalik bahslaridagi ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi.
Turnirda
o'n birinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek qura natijasiga ko'ra, ilk davrada
germaniyalik Luis Vesselsga qarshi kortga chiqdi va raqibini ikki setda ham bir
xil 6:4 hisobida dog'da qoldirdi. Uning ikkinchi bosqichdagi raqibi britaniyalik
Jey Klark bo'ladi.
Humoyun Sultonov esa birinchi davrada rossiyalik tennischi Pavel Kotovdan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Endi Sultonov turnirning 15-raketkasi xitoy lik Yibing Vu bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar