06 iyu 06:30
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Jo'rabek va Humoyun uchinchi davrada!
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi “Uimbldon” turnirining yakkalik bahslarida uchinchi davraga yo'llanma olishdi.
Turnirda o'n birinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek ikkinchi davra uchrashuvida britaniyalik Jey Klarkni 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Ilk bosqichdan germaniyalik Luis Vesselsdan ustun kelgan hamyurtizning chorak final yo'lidagi raqibi turnirning oltinchi raketkasi, yaponiyalik Yusuki Vatanuki bo'ladi.
Ikkinchi tennischimiz Humoyun Sultonov esa ikkinchi bosqichda turnirning 15-raketkasi xitoylik Yibing Vuni 6:4, 7:5 hisobida dog'da qoldirdi. Uchinchi davrada hamyurtimizni jiddiy raqib kutib turibdi. Humoyun musobaqaning ikkinchi raqam ostida saralangan tennischisi, amerikalik Ulises Blanchga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar