28 iyu 09:30
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon turnirining sovrin jamg'armasi oshirildi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon tennis turnirining sovrin jamg'armasi oshirildi.
Unga ko'ra, Uimbldon-2017 musobaqasining umumiy sovrin jamg'armasi 40,2 million dollarga etkazildi. Bu yilgi musobaqaning ham erkaklar, ham ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida g'olib bo'lgan tennischilar 2,8 million funt sterlingni qo'lga kiritadi.
Bu o'tgan yil bilan taqqoslaganda 10 foizga ko'p deganidir. Uimbldon turnirining birinchi davrasida mag'lubiyatga uchragan tennischilar 44,5 ming dollarga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar