28 iyu 19:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Uittaker qanday holatda CHimaevga qarshi jang qilishini aytdi
UFC sobiq chempioni Robert Uittaker Xamzat CHimaevga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men o'rta vaznda jang qilaman. Agar u ham o'rta vaznga chiqsa, nima uchun yo'q? Ahir u bazida yarimo'rta vaznda ham jang qilib turadi. Demak, agar ikkimiz ham cho'qqida bo'lsak, yo'llarimiz kesishishi mumkin. Men undan qochganim yo'q", - dedi Uittaker.
Eslatib o'tamiz, Uittaker va CHimaev 22 iyun kungi UFC turnirida o'zaro jang qilishi lozim edi. Biroq CHimaevning jarohati sabab Robert Ikram Aliskerovga qarshi jang qildi va 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar