23 iyu 11:51
Yangiliklar
Futbol

Ukraina terma jamoasi futbolchilari mukofot puli olishmaydi
Ukraina terma jamoasi futbolchilari Evro-2016dagi ishtirok uchun hech qanday mukofot pullari olishmaydi.
Bu malumotni terma jamoa bosh murabbiyi Mixail Fomenko ham tasdiqladi. Ukrainalik futbolchilar guruh bosqichida Germaniya va SHimoliy Irlandiyaga bir xil 0:2, Polsha terma jamoasiga esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
“Mukofot pullari shunchaki ishtirok uchun emas, g'alabaga beriladi”, - dedi Fomenko TSN kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Ukraina terma jamoasi Evropa chempionatining guruh bosqichida bitta ham ochko olmagan va gol kiritmagan yagona jamoa bo'ldi.
Havola :
Fikrlar