So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

30 iyu 15:55
Yangiliklar

Engil atletika, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga boradilar - Ekatirina Voronina!

Teglar :  VoroninaRio-2016
Olamsport.com sayti shu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarni tanishtirishni davom ettiradi.

Bugungi qahramonimiz engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ekaterina Voronina. U 1992 yili Toshkent shahrida tug'ilgan. O'n bir yoshidan tajribali murabbiy Elena Svechnikovadan engil atletika sirlarini o'rganib kelyapti. Navbati bilan tuman, shahar va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda toblanib, mahoratini oshirib borgan atletimiz xalqaro maydondagi ilk sovriniga 2007 yili Belarusning Brest shahri mezbonlik qilgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi birinchi Evroosiyo sport o'yinlarida erishgan. U nayzani 40 metru 86 santimetrga uloqtirib, kumush medalni qo'lga kiritgan.

O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Ekaterina 2013 yilda Buxoroda bo'lib o'tgan Universiada musobaqasining balandlikka sakrash bahslarida oltin medalga sazovor bo'ldi. “Kichik Olimpiada” deya etirof etilgan Universiada musobaqalarida mahoratini oshirgan Ekaterina o'sha yili Hindistonning Puna shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatining ettikurash bahslarida 5599 ochko bilan kumush medal bilan taqdirlandi.

2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan 17-Yozgi Osiyo o'yinlarining ettikurash bellashuvlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Voronina 5912 ochko jamg'arib, oltin medalni qo'lga kiritdi.


O'tgan yilgi sport mavsumi ham Ekaterina uchun juda muvaffaqiyatli o'tdi. CHexiyadagi xalqaro turnirda balandlikka sakrashda kumush medalga sazovor bo'lgan atletimiz Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida ettikurash bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.

Sportda erishayotgan yutuqlari, Vatanimiz dovrug'ini taratishga qo'shgan hissasi, mamlakatimiz yoshlariga ibrat bo'layotgani uchun Ekaterina Voronina 2015 yil “SHuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2016 yil fevral oyida Qatarda o'tkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida tajribali sportchimiz beshkurash bahslarida 4224 ochko to'plab, oltin medalni qo'lga kiritdi. Uning bu ko'rsatkichi Osiyoning yangi rekordi sifatida qayd etildi.


Voronina ayni kunlarda murabbiyi Pavel Andreev boshchiligida terma jamoamiz tarkibida XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing