So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

04 iyu 18:45
Yangiliklar

Engil atletika, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi - Marina Xmelevskaya

SHu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarni tanishtirishni davom ettiramiz.

Bugungi qahramonimiz engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Marina Xmelevskaya.

Marina Xmelevskaya – Germaniyaning Berlin shahrida 42 km. masofaga o'tkazilgan marafonda 2 soatu 38 daqiqa 39 soniyada marra chizig'iga etib kelib, Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgan. O'z tarixida 42-bor o'tkazilgan mazkur marafonda 131 davlatdan 41 ming nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan. Xotin-qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilgan Marina Xmelevskaya belgilangan meyordan qariyib 4 daqiqa avval marraga etib keldi va to'rt yillikning eng yirik sport anjumanida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu musobaqada keniyalik Gladis CHereno 2 soat 19 daqiqa 25 soniya natija bilan birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan efiopiyalik atletlar Aberu Kebede va Meseret Xaylular joy olishdi.

Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan marafonda esa keniyalik Eliud Kipchoge va Eliud Kiptanui mos ravishda birinchi hamda ikkinchi o'rinlarni egallashgan. Kuchli uchlikni efiopiyalik Feyisa Lilesa yakunlab bergan. Mazkur musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Andrey Petrov 2 soatu 23 daqiqa 24 soniya vaqt natijasi bilan 61-o'rinni band etgan edi. Eslatib o'tamiz, Anlrey Petrov ham to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Undan avvalroq engil atletikachilarimizdan Sitora Hamidova, Svetlana Radzivil, Suxrob Xo'jaevlar ham Rio-2016 o'yinlariga belgilangan meyorlarni bajarishgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing