So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

20 iyu 11:17
Yangiliklar

Engil atletika, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi - Nadiya Dusanova!

Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etuvchi sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Bu galgi qahramonimiz engil atletikaning balandlikka sakrash turida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Nadiya Dusanova bo'ladi.  

Nadiya Dusanova – 1987 yilning 17 noyabrida Toshkent shahrida tug'ilgan. Engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishida xalqaro toifadagi sport ustasi.
Nadiya katta sportdagi asosiy yutug'ini 2005 yildan qo'lga kiritishni boshlagan. O'sha yili Toshkentda o'tkazilgan musobaqada 1,80 sm balandlikka sakrashga muvaffaq bo'ldi. Oradan bir yil o'tib, 4 iyunda Bishkekda o'tkazilgan turnirda natijasini 5 smga oshirdi. 2007 yil Hindistonning Puna shahri mezbonlik qilgan musobaqada bu gal 1,91 sm natija ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. 2008 yil iyulda Toshkentda o'tkazilgan musobaqada shaxsiy hisobdagi eng yuqori natijasini qayd etdi – 1,98 sm. 2009 yil Sujou (Xitoy), 2010 yil Nyu-Dehli (Hindiston), 2012 yil Toshkent turnirlarida 1,95 sm lik ko'rsatkichni zabt etishga muvaffaq bo'ldi. 2014 yil 7 sentyabr kuni Italiyaning Rieti shahrida o'tgan World Challenge turkumdagi  xalqaro turnirning yakunlovchi – 13-bosqichida 1,94 sm natija bilan 1-o'rinni egalladi.
Farzandining tug'ilishi sabab bir muddat sport bilan xayrlashgan Nadiya yil avvalidanoq katta sportga qaytdi. U mavsumdagi ilk startini 29 yanvar kuni Xorvatiyaning Split shahrida o'tkazilgan MASS High Gala-2016 xalqaro turnirida boshladi. U 188 sm natija qayd etib, 3-o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. Fevralda Qatarda o'tkazilgan engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida sportchimiz kumush medal sohibasi bo'ldi.


May oyida Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilgan Brilliant liga musobaqasida Nadiya balandlikka sakrash mashqlarida Rio Olimpiyasiga licenziyani qo'lga kiritdi. U 194 sm natija ko'rsatib, 2-o'rindan joy egalladi. Urinishlar bo'yicha asosiy raqibasi, sent-lyusiyalik Levern Spenserga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu turnirda yana bir vakilamiz Svetalana Radzivil 188 sm bilan 4-o'rindan joy oldi.


SHuni ham takidlab o'tish kerak, Nadiya ikki bor Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan, “Osiyo yulduzlari” turniri g'olibi, 2013 yilgi Osiyo chempioni, Guanchjou (Xitoy, kumush) va Incheon (Janubiy Koreya, bronza)da o'tgan Osiyo o'yinlari sovrindori, jahon kubogining mintaqaviy turnirida bronza medalini qo'lga kiritgan.

Nadiya Dusanova “SHuhrat” medali sohibi.

“News Arena” gazetasining 2016 yil 21-sonidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing