22 iyu 14:50
Yangiliklar
Tennis

"Ulkan toj"ning 4 karra g'olibi Farg'onadagi turnirda mag'lub bo'ldi
Farg'onada sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Avvalroq, rossiyalik taniqli sportchi Vera Zvonaryova ham ushbu musobaqada ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
U bugun chorak final yo'llanmasi uchun turnirning sakkizinchi raketkasi hisoblangan qozog'istonlik Go'zal Aynitdinovaga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 56 daqiqa davom etgan o'yinda qozog'istonlik sportchi 6:0, 4:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Dunyoning sobiq ikkinchi raqamli raketkasi Vera Zvonaryova endi Xitoydagi turnirda ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar