So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

04 dek 19:43
Yangiliklar

Taekvondo

Ulug'bek Rashitov - dunyo miqyosida "yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi!

Butunjahon taekvondo federaciyasi (WT) 2024 yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun sportchilar va murabbiylarning ovoz berish natijalarini elon qildi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, yilning eng yaxshi erkak sportchisi nominaciyasida O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Ulug'bek Rashitov g'olib bo'ldi.

Taqdirlash marosimi bugun Gonkongda davom etayotgan pumse bo'yicha Jahon chempionati doirasida bo'lib o'tdi. Unda hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov ham ishtirok etib, Butunjahon taekvondo federaciyasi bosh kotibi Seo Jeongkangdan o'z sovrinini qabul qilib oldi.

Takidlash lozim, bunga qadar o'zbekistonlik taekvondochilar Jahon miqyosida etirof etilmagan edi.

Nominaciyalar g'oliblari:

"Yilning eng yaxshi erkak sportchisi" — ULUG'BEK RASHITOV

"Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" — Viviana Marton (Vengriya)

"Yilning eng yaxshi ayol para sportchisi" — Leonor Angelika Espinoza (Peru)

"Yilning eng yaxshi erkak para sportchisi" — Imamaddin Halilov (Ozarbayjon)

"Yilning eng yaxshi zarbasi sohibi" — Park Teejun (Koreya Respublikasi)

"Yilning eng yaxshi murabbiyi" — Esbol Sultanov (Tunis)

"Yilning eng yaxshi para murabbiyi" — Endryu Dir (Buyuk Britaniya)

"Yilning eng yaxshi Olimpiya hakami" — Mohamedali Elsaed (Misr)

"Yilning eng yaxshi Paralimpiya hakami" — Paula Ramires Ruis (Ispaniya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing