17 noy 09:02
Yangiliklar
Ulug'bek Rashitov jahon chempionatida jang qildi
Kecha musobaqa doirasida erkaklar o'rtasida -68 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi va unda Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug'bek Rashitov yurtimiz sharafini himoya qildi.
Ulug'bek Musobaqadagi ilk jangida Puero-Riko vakili Adrian Benitezni ikki raundda ham yirik hisoblarda mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi (2:0). CHorak finalda esa ozarbayjonlik Javad Agaevga qarshi dayanga chiqdi va afsuski 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, Ulug'bek JCHni medalsiz yakunlandi.
Ayollar o'rtasida musobaqada ishtirok etgan Zarnigor Husniddinova (-49 kg) ham afsuski kunni medalsiz tugatdi.
Eslatib o'tamiz, bungacha jahon chempionati doirasida Nikita Rafalovich hamda Feruza Sodiqova bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar