So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 mar 11:46
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov bayram munosabati bilan o'zbekistonlik sportchi xotin-qizlarga tabrik yo'lladi

Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov o'zbek sportida faoliyat olib borayotgan sportchi xotin-qizlarimizni 8 mart bayrami bilan tabrikladi.

Assalomu alaykum muhtaram opa-singillar!

Fursatdan foydalanib Sizlarni kirib kelayotgan 8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 

O'zbek sportida Siz opa-singillarimizning tutgan o'rni beqiyos. Yurtimiz sport yulduzlarini tarbiyalayotgan Svetlana Kuznecova, Roziya Yakubova, Gulnora Azamova, Saida Mahmudova, Iroda To'laganova, Saida Iskandarova, Sevar Karimova, Liliya Vlasova, Nellya Kiyamova, Natalya Efimova, Alena Aksyonova, Sevara Ganieva kabi sport namoyondalari, Oksana CHusovitina, Ekaterina Xilko, Gulnoza Matniyazova, Svetlana Radzivil, Nadiya Dusanova, Nafisa Mo'minova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nigora Tursunqulova, Yodgoroy Mirzaeva, Muattar Nabieva, Sabina SHaripova, Anastasiya Serdyukova, Zaynab Dayibekova  kabi o'zbek sportini dunyoga olib chiqqan sport yulduzlari bilan xalqimiz doimo fahrlangan.

Bayram arafasida ushbu sportchilar timsolida o'zbek sporti rivoji yo'lida mehnat qilayotgan barcha opa-singillarimizni Milliy olimpiya qo'mitasi, Olimpiya harakati ishtirokchilari va shaxsan o'zim nomimdan samimiy qutlashga izojat bersangiz. Yurtimiz dovrug'ini ko'klarga ko'tarishdan, vatanimiz uchun yangidan-yangi chempionlarni tarbiyalab berishdan aslo charchamang! Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman. Yana bir bor bayramingiz bilan, aziz opa-singillar!

Hurmat va ehtirom bilan, 

Umid Ahmadjonov

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing