So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

08 noy 16:14
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov MOQda Tokio 2020 o'yinlari tashkiliy hayat azosi bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, poytaxtimizda sport tibbiyoti bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferenciya bo'lib o'tmoqda.

Mazkur yirik tadbir davomida Toshkentga bir qator martabali mehmonlar tashrif buyurganlar. Ular orasida Tokio Olimpiadasining tashkiliy hayati azosi,  KEIO sport tibbiyoti universiteti professori Xiroyuki Ishida ham bor.

Ushbu konferenciya doirasida bugun professor Ishida Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Mehmon bilan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Bosh kotib Jasur Matchanovlar uchrashuv o'tkazishdi.

"Sizni O'zbekistonda yana bir marotaba ko'rib turganimizdan xursandmiz. O'zbekiston Tokio Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu yo'lda strategiya ishlab chiqqanmiz. Rejalarimiz amalga oshsa biz licenziya va medallar bo'yicha rekordimizni yangilaymiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida mehmon yana O'zbekistonda ekanligidan mamnunligini aytib o'tdi.

"Yana bir marotaba O'zbekistonga kelganimdan xursandman. Yaponiya ham 2020 yilgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Umid qilamizki, O'zbekiston ushbu o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Bu borada qanday yordam kerak bo'lsa, ko'rsatishga tayyormiz", - dedi janob Ishida.

Uchrashuv davomida tomonlar Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida hamkorlik qilish, bir qator tashkiliy masalalar bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Tadbir so'nggida Umid Ahmadjonov ananaga ko'ra mehmonga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing