So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

30 jan 10:51
Yangiliklar

Futbol

Umid Ahmadjonov OCHLdagi o'zbek klublariga: "Olg'a, yigitlar!"

Bugun O'zbekiston jamoalari Osiyo chempionlar ligasida joriy mavsumdagi ilk o'yinlarini o'tkazadilar.

Qarshining "Nasaf" va Toshkentning "Paxtakor" jamoalari musobaqani saralash bosqichidan boshlaydilar. 

Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" Iordaniyaning "Al Faysaliy" jamoasini sinovdan o'tkazadi.Bizning vaqt bilan 22:00da esa Dohada "Paxtakor" mahalliy "Al Garafa" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

Malumot uchun, ushbu pley-off bahslari bitta o'yindan iborat bo'ladi. Jamoalarimiz bugungi bahslarni o'z foydalariga hal qila olsalar, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich bahslariga yo'llanma oladilar. 

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va mamlakat futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur bahslarda har ikkala jamoamizga ham omad tiladi.

"Xalqimiz xali hamon yosh futbolchilarimizning g'alabasini bayram qilmoqda. Kuni kecha futzalchilarimizni yaxshi niyatlar bilan Xitoy Taypeyida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga kuzatdik. Ulardan umidimiz katta. Nasib qilsa, yaxshi natijalar bilan O'zbekistonga qaytadilar.

O'z o'rnida bugun Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan ikki klubimiz - "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalariga omad tilaymiz. Ular bugun o'tkaziladigan o'yinlarda g'alaba qozonib, "Lokomotiv" qatorida chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etishini tilab qolaman. O'zbek xalqi sizlarga ishonadi. Olg'a, yigitlar", - dedi Umid Ahmadjonov .


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing