So’nggi yangiliklar

20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0 18:32UFC Макао. Co main event жанги тўлиқ давом этди 0 17:56Муслим Салиховнинг UFC Макао турниридаги жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 17:25Богдан Гусковнинг собиқ рақиби Волкан Оздемир UFC Макаода жанг қилди 0 17:09Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти" 0 16:30Эдди Хирн катта жанг ваъда қилди 0 15:58Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0

13 mar 18:00
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov: “Raqobat bor joyda yuksalish bo'ladi”

Bugun, 13 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekistonda sport sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan katta yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mamlakat rahbari SHavkat Mirziyoevning sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmonida ko'rsatilgan vazifalarni tartibga solish maqsadida, MOQ Olimpiya zaxiralari kollejlari rahbariyatini bir joyga yig'di. Tadbirda shuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari, respublika sport federaciya va associaciyalar rahbarlari ishtirok etishdi.
     
Yig'ilishni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, uning birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov va MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etgan majlisda  Olimpiya zaxirlari kollejlari va sport federaciyalari bilan kelishgan holda u erdagi qabul kvotalarini o'sha xududdagi talabdan kelib chiqib, qayta ko'rib chiqishga asosiy etibor etibor qaratildi.

“Kvotalarni talabga qarab belgilashimiz lozim. Sport turlari bo'yicha o'rinlar ham shunga qarab taqsimladi. Boksga qiziqadigan yosh sportchini majburlab voleybol yo'nalishida o'qitmaymizku. SHuning uchun, kollej vakillari federaciya bilan kelishgan holda talabga qarab buni qayta ko'rib chiqishlari kerak. Federaciya rahbarlari qaysi viloyatda o'z sport turini rivojlantirish bo'yicha istiqbol ko'rmoqda? Bugun bu borada ular o'z taklifini beradilar", - dedi Umid Ahmadjonov.

“Ayrim kollejlarda 29 ta sport turidan saboq beriladi. Xo'sh, ularning hammasida darslar, mashg'ulotlar yuqori saviyada tashkil etiladi deb ayta olamizmi? Qanday qilib bitta kollej 29 ta turni rivojlantirishi mumkin? Andijonda ko'rgandik, voleybol uchun har yili 3 ta o'quvchi qabul qilinadi. Aslida voleybolni 6 kishi o'ynasa, yana zaxira o'yinchilari bo'lsa, 3 ta sportchi bilan nimani rivojlantirmoqchimiz?

Endi kollejlarni mintaqalarga bo'lamiz. Boks, dzyudo va yakkakurash sport turlariga bo'lgan talab yuqori, ularni balki Olimpiya zaxiralari kolejlarining hammasida qoldirish mumkindir. Biroq rivojlanishda oqsayotgan sport turlari bo'yicha markaz vujudga kelishi kerak. Andijonda 3 ta, Farg'onada 3 ta, Namanganda 3 ta voleybolchi hech narsaga erishmaydi. Ularni butun vodiy bo'ylab birlashtirishimiz va mashg'ulotlar saviyasini oshirishimiz kerak. Olimpiya zaxiralari kollejlari sportni ommalashtirish bilan umuman shug'ullanishi kerak emas. Davlatimiz rahbari bu ishni maktablardan boshlash kerakligini ko'rsatib o'tdilar. Kollejlar esa o'z nomi bilan terma jamoaning zaxirasi va bazasi bo'ladi va unda faqatgina mohir sportchi yoshlar jam bo'lishi shart. Ana shundagina kolejlarda faqat etuk va iqtidorli sportchilar voyaga etadi. Bu eng avvalo yoshlar o'rtasida sog'lom raqobatni kuchaytiradi. Raqobat bor joyda esa, yuksalish bo'ladi” – deb o'z fikrini davom ettirdi MOQ Prezidenti.


O'z navbatida Jismoniy tarbiya va sport vaziri ham reja tuzayotganda har bir detallarga alohida etibor qaratish lozimligi haqida gapirdi.

"Sport kollejlari bo'yicha takliflaringizni ko'rdik. Bundan buyon qabul qilish mezonlari ham qayta ishlab chiqiladi. Imtihonlarda MOQ va vazirlik vakillari ishtirok etishadi. Ular qabul jarayonlarini nazorat qiladi. Kerak bo'lsa, ommaviy axborot vositalari ham u erda jarayonni yoritib beradilar. Xalq ko'rishi kerak kimlar, qaysi mezonlar asosida ushbu o'quv dargohiga qabul qilinayotganini. CHunki, terma jamoaga asosiy nomzodlar aynan Olimpiya zaxiralari kollejlaridan etishib chiqishi kerak. Bu masala bo'yicha viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari ham masuliyatni zimmalariga oladilar ", - dedi SHoakram Isroilov.


Sir emaski, davlat tomonidan sportni rivojlantirish uchun milliardlab mablag' ajratilmoqda. MOQ rahbari tomonidan bu pullar qatiy nazorat qilinishi, to'g'ri sarflanishiga qattiq etibor berilishi haqida ham gapirib o'tildi.

"Davlatning pulini bekorga sarflamasligimiz kerak. SHuningdek, u erda majburan o'qiyotgan yoshlarimizning ham bekorga vaqtini olmasligimiz lozim. Balki, to'g'ri yo'naltira olsak kelajakda ulardan yaxshi shifokor, uchuvchi, haydovchi etishib chiqar. Qilinayotgan ishlar, sarflanayotgan mablag'lar samara berishini istaymiz. Qabul jarayonlarida ham raqobat bo'lsin. Sportchilar o'sha dargohda o'qiyotganlaridan faxrlanib yurishlari kerak. Tashkiliy ishlar borasida muammolar bo'lmaydi. Davlat barchasini taminlab beradi. Qolaversa, tanish-bilishning bolasi emas, chindan ham iqtidori bor bo'lgan yoshlar kerak bizga. Endi kollejlar sportchilarni ovqatlantirish haqida bosh qotirmaydi, ularning darslari va mashg'ulotlari bilan ishlaydi. Har bir sportchining ovqat racioni va uning taomida, ichimligida qanday ozuqalar bo'lishi haqida boshqa kompaniyalar ish olib boradi. Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish uchun esa xorijdan malakali murabbiylar jalb qilinadi", - dedi Umid Ahmadjonov.

Undan tashqari yig'ilishda bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlarida futbol yo'nalishi bo'lmasligi, sportning bu turi bo'yicha har bir viloyatda alohida akademiya tashkil qilinishi va ushbu akademiyalar bevosita O'FA nazoratida bo'lishi haqida ham malum qilindi. Yig'ilishda ishtirok etgan mutasaddilar qabul jarayonlari bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar. Jarayon hamon davom etmoqda. Milliy olimpiya qo'mitasi uchrashuvga oid batafsil malumotlarni yoritishda davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 mar 20:47:47
Azizbek Joldasov
yig'ilishni toliq videosini qoyinglar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing