16 fev 11:45
Yangiliklar
Umid Ahmadjonov va SHoakram Isroilov jamoatchilik fikrini o'rganishadi
Ushbu qaror elon qilinishidan oldin shaxsan Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev topshirig'iga asosan Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar jamoatchilik fikrini o'rganishadi. SHuningdek, mamlakat sportining bugungi holati eng pastki bo'g'indan o'rganib chiqiladi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, qarorni yanada mukammal ko'rinishga olib kelish, xalq dardini bilish va keyinchalik qarorning barcha bandlari ishlashi uchun zamin yaratishdan iboratdir. Ushbu qarorning elon qilinishi, mamlakatimizda sport taraqqiyoti, qolaversa Olimpiya harakatining yanada rivojlanishida juda katta turtki bo'ladi.
Yig'ilish bugun O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida soat 15:00 da boshlanadi.
Manzil: SHayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 34.
Fikrlar