So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

25 apr 20:19
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov va SHoakram Isroilov sport masalasida videoselektor yig'ilishini o'tkazdi

Bugun, 25 aprel kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov respublika sport federaciyalari, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari mutasaddilari bilan videoselektor yig'ilishini o'tkazdi.

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarda  sport sohasiga masul rahbarlar ham ishtirok etishdi.

Mazkur yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmon va qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, bundan keyin bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar, rejalar va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Yaxshi malumki, bungacha respublikamizdagi IBO'SM va BO'SMlar faoliyatini tubdan isloh qilish, Olimpiya zaxiralari kollejlarida qabul kvotalarini qayta ko'rib chiqish, iqtidorli sportchilarni saralab olishga alohida etibor qaratilishi malum qilingandi. Ammo, MOQ rahbari hududlarda bu borada tashkil etilayotgan ishlar talabga mutlaqo javob bermayotganligini takidlab o'tdi.

SHuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida qator islohotlar, o'zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, bugungi kungacha qabul kvotalari masalasi hal etilmaganligi, sportchilar u erga qanday mezonlar asosida qabul qilinishi masalasi hamon ochiq qolayotgani  haqida Umid Ahmadjonov kuyunib gapirdi. Vaziyat tanqidiy ko'rib chiqildi.  Tegishli mutasaddi hodimlarga ko'rsatma berildi. Bu borada bajarilgan ishlar yuzasidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Aziz Isroilov hisobot berdi. Ishlarni oxiriga etkazish va rahbariyatga hisobot topshirish uchun A.Isroilovga 3 kun muhlat berildi.

O'z navbatida, respublika sport federaciyalari rahbarlariga 10 kun muddatda viloyatlarda sportni rivojlantirish, uning ommaviyliligini oshirish, ichki musobaqalarning mukammal tizimini ishlab chiqish bo'yicha taklif kiritish vazifasi yuklatildi.  

Yig'ilishda bundan buyon IBO'SM va BO'SM da tahsil olayotgan har bir yosh sportchi haqidagi to'liq malumotlar, ular qayd etayotgan natijalar  yangi tashkil etilayotgan elektron bazaga kiritib borilishi malum qilindi.

Kezi kelganda takidlash lozimki, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari faoliyati bugungi kunda Respublika sport rahbariyatini umuman qoniqtirmayapti. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Rahmat Tillaevning hisoboti tinglandi. Ishni tashkil etishda kamchiliklarga yo'l qo'ygani, o'z vazifasiga masuliyatsiz yondoshgani uchun R. Tillaev yig'ilishning o'zidayoq lavozimidan ozod etildi.

Videoselektor davomida shuningdek, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand va Namangan viloyatlaridagi ahvol tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi. Mutasaddi xodimlarga tegishli vazifa va ko'rsmatmalar berildi. Barcha o'zi uchun tegishli hulosalar chiqarib olishi uqtirildi.

Sir emaski, aholi orasida ommaviy sportni keng targ'ib etish, shu orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish bugungi kundagi ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. SHu maqsadda, bundan buyon hokimlik tizimidagi boshqarma va tashkilotlar o'rtasida "Hokim kubogi" musobaqalari o'tkazilishi malum qilindi. Bellashuvlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi kabi sport turlari bo'yicha tashkil qilinishi aytildi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlariga tegishli ko'rsatmalar berdi.

"Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev biz uchun tarixiy qarorni qabul qilib berdilar. Nima so'ragan bo'lsak, barchasi ziyoda qilib berildi. Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha 5 ta baza Milliy olimpiya qo'mitasi balansiga o'tkazildi. Sizlarga yana qanday sharoit kerak?

Bugun  Sizlar bilan Osiyo va Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, erishilgan yutuqlardan-da ko'proq natija ko'rsatishimiz uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va federaciya rahbarlari qanday ishlarni amalga oshirishini kelishib oldik.

SHuni alohida takidlab o'tmoqchimanki, Muhtaram Prezidentimiz “Yoshlarni tarbiyalash bizning eng ulug' maqsadimiz” deb tunu-kun jon kuydirmoqdalar. Biz chetda qarab turolmaymiz. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni hech kim kechirmaydi. Barcha o'z ishini, faoliyatini tanqidiy ko'rib chiqib, tegishli hulosalar chiqarib olsin", - deya yig'ilishni yakunladi Umid Ahmadjonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing