So’nggi yangiliklar

19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0

03 iyu 19:53
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov XOQ Prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda bir qator muhim kelishuvlarga erishdi

Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari Tomas Bax taklifiga ko'ra SHveycariyaga jo'nab ketgandi.

Bugun Lozannadagi Xalqaro olimpiya qo'mitasi qarorgohida Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi. Tomonlar bungacha Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o'yinlari vaqtida ko'rishib, umumiy masalalar yuzasidan suhbat o'tkazgandilar. Bugun esa Umid Ahmadjonov Tomas Bax bilan ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazdi. Unda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarlari bir qancha masalalarni muhokama qilishdi.


Umid Ahmadjonov uchrashuvda Xalqaro olimpiya qo'mitasi tarkibida shu kungacha nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodan mutlaqo azo bo'lmagani, shuning uchun XOQ Sessiyasida mintaqamizdan ham o'z ovozi va saylash xuquqiga  ega azoni tarkibga kiritish masalasini ko'tardi. Tomas Bax esa o'z navbatida XOQning 2019 yilgi umumiy yig'ilishida Umid Ahmadjonov nomzodini Ijroiya Qo'mitasi azoligiga taqdim etishga vada berdi.

Malumki, Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan o'tkaziladigan sport musobaqalari FIFA tasarrufidagi turnirlardek ko'p emas. Tashkilot asosan yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari, o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazadi. Umid Ahmadjonov uchrashuv davomida Tomas Baxga XOQ shafeligi ostida kechadigan yangi musobaqalarni tashkil etish, bunday nufuzli musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qilishga tayyor ekanligi borasida taklif kiritdi. Xalqaro olimpiya qo'mitasi rahbari bunga javoban, 2019 yilgi XOQning marketing masalalariga bag'ishlangan yirik anjumanini Toshkentda o'tkazish niyati borligini malum qildi.


Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov o'zbek sportida ro'y berayotgan islohotlar, mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan sportga ko'rsatilayotgan etibor, sportni ommaviylashtirish, rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil malumot berib o'tdi va Respublikamizda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish, mamlakat sportida ro'y berayotgan ulkan hajmdagi islohotlarni xayotga tadbiq etish masalasida janob Tomas Baxdan maslahatchi sifatida Toshkentga malakali va etuk mutaxassisni yuborishni iltimos qildi. Yurtimizda sport taraqqiyotiga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan etibordan to'lqinlangan XOQ Prezidenti taklifni bajonidil qabul qilib, sohada katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassisni O'zbekistonga yuborishini takidlab o'tdi.


Lozannaga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov “Olimpiya birdamligi” dasturi rahbari Pere Miro, shuningdek, XOQning bir necha departament rahbarlari bilan ham uchrashdi va hamkorlikda yangi loyihalar, seminar-treninglar o'tkazish masalasida kelishuvga erishdi. Bir so'z bilan aytanganda, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidentining jahonning eng yirik sport tashkilotlari joylashgan SHveycariyaga tashrifi unumli va samarali bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing