So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

06 iyu 10:17
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov Yaponiyada Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi vice-prezidenti Toshiaki Endo bilan uchrashdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan bevosita tanishish, musobaqa tashkiliy qo'mitasi rahbarlari bilan uchrashish maqsadida Yaponiyaga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.

Bugun MOQ rahbari kunchiqar yurtda 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mitasi va mamlakat  sport associaciyasi vice-prezidenti, Yaponiya vakillar Palatasi azosi Toshiaki Endo bilan ko'rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tashkiliy va boshqa masalalar bo'yicha fikr almashishdi.
"Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston katta sport delegaciyasi bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Zimmamizda ayni paytda qanday masuliyat turganini juda yaxshi his qilib turibmiz. Maqsadimiz Riodagi Olimpiya o'yinlaridan ham yaxshiroq natija qayd etishdir. Biz navbatdagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborganmiz. O'yinlar boshlanishiga yaqin mamlakat iqlimiga, mahalliy shart-sharoitga moslashish maqsadida sportchilarimiz uchun aynan Yaponiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil qilib berish foydadan holi bo'lmaydi. Bu masalada bizga yordam berasiz degan umiddaman", - dedi MOQ Prezidenti uchrashuv chog'ida.

Tokioga safari davomida Umid Ahmadjonov shuningdek, Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Cunekadzu Takeda bilan ham uchrashadi. Tomonlar o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yaqinlashib kelayotgan Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan o'zaro fikr almashadilar.

Malumot uchun, Umid Ahmadjonov Yaponiyadan to'g'ri Rossiya poytaxti Moskva shahriga yo'l oladi. U erda FIFA Kongressida ishtirok etib, futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvi – Rossiya-Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi bahsni “Lujniki” stadionining martabali mehmonlar lojasidan tomosha qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing