So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

12 iyu 10:51
Yangiliklar

SHaxmat

Umida Omonova FIDE Jahon kubogining uchinchi bosqichiga chiqdi

Gruziyaning Batumi shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi FIDE Jahon kubogi o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar etakchi vakilalari ham ishtirok etayotgandi. Ulardan Umida Omonova kuchli raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, uchinchi davraga yo'l oldi. Umida Evropa chempioni, polshalik Alina Kalinskaya bilan durang o'ynagan edi. Hal qiluvchi tay-brekda u nomdor raqibasini mag'lub etishni uddaladi. 

Gulruhbegim Tohirjonovaning xitoylik xalqaro sport ustasi Lu Miaoyiga qarshi bahsi taqdiri ham tay-rekda hal bo'ldi. Qiyin vaziyatdan g'alaba yo'lga chiqib olgan Gulruhbegim muhim pallada yo'l qo'yilgan xato evaziga imkoniyatni boy berib, jahon kubogidagi ishtirokini yakunladi. 

Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni hisoblangan Afruza Hamdamova ikkinchi davrada hindistonlik grossmeyster, rapid yo'nalishida ikki karra jahon chempioni Hampi Koneruga 0,5:1,5 hisobida yutqazib qo'ygan edi.   

Bugun Umida Omonova uchinchi davrada qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmetga qarshi dona suradi. Elnaz ikkinchi bosqichda gruziyalik nomdor raqibasi Nino Baciashvilidan 1,5:0,5 hisobida ustun keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing