18 iyu 11:52
Yangiliklar
SHaxmat

Umida Omonova Jahon kubogidagi ishtirokini yakunlandi
Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o'rtasida FIDE Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Umida Omonova 1/8 finalda musobaqada reyting etakchisi hisoblangan Ley Tinjega qarshi ikkinchi partiya o'yinini o'tkazdi. Ikkinchi partiyada tomonlar durang qayd etishdi.
Ammo birinchi partiyadagi g'oliblik evaziga hisob 1,5 : 0,5 ko'rinishida xitoylik sportchiga nasib etdi.
Umida Omonova esa musobaqada reytingi past bo'la turib, 1/8 finalgacha etib kelgan shaxmatchiga aylandi.
Hamyurtimiz mazkur natijalari orqali 9500 AQSH dollariga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar