So’nggi yangiliklar

18:45Биринчи ракеткамиз Хитой турниридаги юришини бошлади 0 18:24Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"ни мағлубиятсиз якунлади 0 18:03Ламин Ямаль ЕЧЛдаги мағлубиятдан сўнг: "Эркак киши сўзида туради" 0 17:42Жавоҳир Синдаров Гукеш билан чемпионлик "жанги" ҳақида гапирди 0 17:21"Фьюрига қарши жанг мен учун чигилёзди машғулот каби бўлади" - Энтони Жошуа 0 17:00Александр Усик Фьюри — Махмудов жангига баҳо берди 0 16:39Дани Ольмо "Атлетико"дан учралган мағлубият ҳақида: "Баҳсли вазиятлар кўп бўлди, биздан ғалабани тортиб олишди" 0 16:18"Ҳеч бўлмаса суратда борман" - Аниш Гири 0 15:57Иржи Прохазка: "Бу менга ғалабани қўлдан чиқаришга сабаб бўлди..." 0 15:36Ҳумоюн Султонов Чин юртидаги турнирда 1/8 финалга чиқди 0 15:15РАСМАН: Осиё Кубоги-2027 қуръа ташлаш маросими санаси ва жойи ўзгарди 0 14:54Усик Фьюри — Жошуа эҳтимолий жанги учун тахмин билдирди 0 14:33Осиё чемпионатининг яккалик баҳсларига қуръа ташланди 0 14:12Жавоҳир ва Бибисара куннинг энг яхшилари бўлишди + ФОТО 0 13:51Маскерано "Интер Майами" бош мураббийи лавозимини тарк этиш сабабини тушунтирди 0

07 mar 19:59
Yangiliklar

Universiada, “Barkamol avlod”: Toshkent viloyatida kuchlilar saralanmoqda

Uch bosqichli sport o'yinlarining bosh va o'rta bo'g'ini sanalagan Universiada hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarida ishtirok etish sportga oshno talabaning orzusi sanaladi.

Ayni paytda talaba yigit-qizlarning orzulari ushalmoqda. Boisi mamlakatimizning barcha hududlarida talabalar o'rtasida mazkur sport o'yinlarining bosqich bellashuvlari qizg'in pallaga kirgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 864-sonli hamda Toshkent viloyati hokimining 2018 yil 10 noyabrdagi 883-sonli qarorlarining ijrosini taminlash maqsadida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport, viloyat kasb-hunar talimi boshqarmalari, Oliy talim muassasalari hamda O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi hamkorligida “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalari joriy yilning 10 fevralidan respublika tashkiliy qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Mazkur har ikki musobaqaning viloyatda tizimli ravishda olib borish, sport turlari bo'yicha viloyat terma jamoalar tarkibini shakllantirish, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi huzurida tashkiliy qo'mita tuzilgan. O'z navbatida musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida dasturda mavjud har-bir sport turlari bo'yicha murabbiylar, masullar tayinlandi.   

Respublika final bosqichlarida terma jamaolarini muvaffaqiyat qozonishlari va viloyat sharafini munosib himoya qilishlari  uchun aniq  rejalarini ishlab chiqishgan.  

“Barkamol avlod-2019” sport musobaqalari dasturidan o'rin olgan 12 ta (futbol, voleybol, basketbol, gandbol, kurash, belbog'li kurash, dzyu-do, stol tennisi, badminton, shaxmat va shashka) sport turlari bo'yicha birinchi - talim muassasa bosqichi joriy yilning 22 fevraliga qadar kasb-hunar talimi tizimida tahsil olayotgan 24 mingdan ziyod o'quvchi-yoshlar o'rtasida tashkil etilgan.  

SHuningdek, viloyatdagi to'rtta oliy talim muassasalarida “Universiada-2019” dastur-rejasida mavjud sport turlari asosida ham musobaqalar murosasiz va yuqori saviyada o'tkazildi.

Ayni paytda tashkiliy qo'mita tomonidan ishlab chiqilgan musobaqalar taqvim-rejaga binoan “Barkamol avlod-2019” sport musobaqalarining 2-tuman (shahar) bosqichlari 2019 yilning 25 fevralidan start berilgan bo'lsa, “Universiada-2019” sport musobaqalarining viloyat bosqichi esa joriy yilning 9 martidan boshlab o'tkazilishi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda sportsevar yoshlarimiz o'z mahoratlarini namoyon etib, viloyat va tuman terma jamoalariga saralanmoqda. Maqsadimiz - o'quvchi va talabalar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini yanada oshirish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, qolaversa, sportda isedodi yuqori o'g'il-qizarni saralab, tuman va viloyat terma jamoalariga taklif etish orqali katta sport sari yo'naltirish, Universiada, “Barkamol avlod” sport o'yinlarining respublika final bosqichlarida kuchlilar qatorida viloyatimiz sharafini munosib qilishdan iborat bo'ladi.     

Rustam Bobokulov, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi

Toshkent viloyati mintaqaviy bo'lim rais o'rinbosari, 

viloyat tashkiliy qo'mita masul kotibi

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing