So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

23 iyu 14:22
Yangiliklar

Boshqalar

Urganchda qo'l jangi ustalari kuch sinashdi FOTO

20-23 iyun kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida qo'l jangi bo'yicha Respublika turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqada 14-15 va 16-17 yoshli o'smirlar, 18 yoshdan katta bo'lgan ayollar va professional sportchilar ishtirok etdi. 

Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo'l jangi federaciyasi viloyat bo'limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog'iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 300 nafardan ziyod qatnashchi o'z mahoratini sinovdan o'tkazdi.   

Yakuniy natijalarga ko'ra, 14-15 yoshli sportchilar birinchiligida I. Nurmuhammedov (36 kilogramm vazn toifasi), M. Rahmonov (39 kg.), R. Mirzaolimov (55 kg.), I. Akromov (60 kg.), D. Abdullaev (65 kg., barchasi Andijon viloyati), D. Abdurasulov (42 kg., M.Umarov sport klubi, Farg'ona), N. Normuhammatov (46 kg.,Toshkent vil.), S. Hotamov (50 kg., Jizzax), Z. Saburov (70 kg., Qoraqalpog'iston), A. Najmiddinov (75 kg., O'zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi), D. Abdullajonov (+75 kg., Sirdaryo) shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarildi.

16-17 yoshli qo'l jangi ustalari  9 vazn toifasida o'zaro kuch sinashishdi. Ushbu bellashuvlarda  J.Abdusalomov (42 kg., Farg'ona), SH. Tangirov (46 kg.), B. G'ulomov (50 kg., ikkalasi Sirdaryo), A. Rustamov (55 kg.), A. Rasulov (70 kg., ikkalasi O'zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi), S. Ishchanov (60 kg.), J. Niyozolimov (80 kg., ikkalasi Xorazm), A. O'rinboev (65 kg.), U. Rizaev (75 kg., Navoiy), SH. Mo'minov (-85, Jizzax).

SHuningdek, 18 yoshdan katta bo'lgan ayollar sakkiz vazn toifasida bahs yuritishdi. Bu bahslarda D. Karimova (45 kg., Navoiy), S. Rajabova (50 kg.), F. Allamurodova (70 kg., ikkalasi Sirdaryo), M. Quvondiqova (55 kg.), Z. Qipchoqova (+75 kg., ikkalasi Jizzax), S. Jaloliddinova (60 kg.,Andijon), M. Suyarova (65 kg., Samarqand), S. Ro'zimatova (75 kg., Xorazm) birinchi o'rinni egalladi.

Professional qo'l jangi ustalari orasida R. Temirov (60kg., O'zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi), J. Saidnazarov (80 kg.), U. Madrimov (85 kg., ikkalasi Xorazm) turnir g'olibiga aylanishdi. 

Turnirning tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov ishtirok etdi va so'zga chiqdi.

Fursatdan foydalanib, turnir qatnashchilari va mehmonlari bilan ham muxtasar suhbatlashdik.

Abdurashid RAHIMOV (musobaqa bosh hakami, Toshkent)

- Tashkilotchilar turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rishganini ko'ngildan his qildik. Jamoalarni kutib olish, joylashtirish va ovqatlantirish borasida muammoga duch kelinmadi. Musobaqamiz ham har jihatdan yuqori darajada tashkil etildi. Albatta, bu sportchilarimizga kuch va g'ayrat bag'ishladi, g'alabaga bo'lgan irodalarining to'la namoyish etishdi. Bundan mamnunmiz, albatta. O'z navbatida sportchilarimiz qadimiy Xiva shahriga ham tashrif buyurib, yurtimizning go'zal tarixiy obidalari va asori-atiqalarini ham miriqib tomosha qilishdi. Bu ham o'ziga xos quvonchli daqiqalarni tuhfa etdi.

SHokir MADAMINOV (Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i)

- Joriy yilning o'tgan davri viloyatimiz sporti tarixida o'ziga xos iz qoldirdi. Binobarin, shu fursat ichida vohamizda ko'plab xalqaro va respublikamiz miqyosida nufuzli musobaqalar tashkil etildi. Har biri o'z mohiyati va ahamiyatiga ega. O'tkazilayotgan bunday tadbirlar xalqimiz, xususan, yoshlarimizga  quvonchli va fayzli lahzalarni ulashmoqda. 

Mirzaorif ORIFJONOV (musobaqa sovrindori, Farg'ona)

- Marg'ilon shahrida yashayman. Qo'l jangi sporti bilan shug'ullana boshlaganimga uncha ko'p bo'lmadi. SHunga qaramay, viloyatimiz birinchiliklarida faxrli o'rinlarni egallab kelyapman. Respublika musobaqasida esa ilk bor qatnashishim. Debyutimdan qoniqish hosil qildim. Vaholanki, tajribali raqiblarim orasida bronza medalini qo'lga kiritish oson emas. Nasib qilsa, kelgusi janglarda birinchi o'rin uchun kurashishni maqsad qildim.

Murodbek BEKCHANOV (metodist) 

- Bir necha kun mobaynida mamlakatimizning eng sara qo'l janggi ustalarining mahoratidan bahramand bo'ldik, Ular bellashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rib kelishganini isbotlashdi. Etiborlisi, bu sportchilar nafaqat jismonan sog'lom ruhda voyaga etayotganini, vatanimizga sadoqatli inson sifatida kamol topayotganini namoyon etishdi. Buni ko'rib xursand bo'ldik. 

Ikrom XUDOYBERGANOV Urganchdan saytimiz uchun maxsus tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing